Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi
19 aprel 2022, 17:27

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,65 so‘mga arzonlab, 11 259,37 so‘mni tashkil etdi. Yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevni qat’iy ogohlantirdi
19 aprel 2022, 17:16

Prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevni qat’iy ogohlantirdi

Shavkat Mirziyoyev mahallada hokim yordamchilari faoliyati va aholi bandligini ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni tanqid qildi. Prezident Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, uning birinchi o‘rinbosari va soliq boshlig‘ini qat’iy ogohlantirdi. Oltinko‘l tumani va Zarafshon shahri hokimlari, qolaversa, respublikadan 11 nafar vakil lavozimidan ozod qilindi.

Qashqadaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
19 aprel 2022, 16:11

Qashqadaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Alisher Qodirov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Toshkentdagi 158-maktab psixologi o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilganlikda gumonlanmoqda
19 aprel 2022, 15:59

Toshkentdagi 158-maktab psixologi o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilganlikda gumonlanmoqda

Toshkentdagi 158-maktab psixologi 3 — 5-sinf qizlariga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlarni qilganlikda gumonlanmoqda. U ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, qizlarni ikki nafar katta yoshli erkak ginekolog tibbiy tekshiruvdan o‘tkazgani ular ruhiyatiga yanada ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda. Hodisa yuzasidan Bosh prokuratura, XTV va Toshkent IIBB bayonot berdi.

Toshkent markazidagi AKT vazirligi binosi auksionga qo‘yildi
19 aprel 2022, 15:51

Toshkent markazidagi AKT vazirligi binosi auksionga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi poytaxt markazida 0,26 gektar maydonda joylashgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli binoni sotuvga qo‘ydi. Lotning boshlang‘ich narxi — 66,52 mlrd so‘m etib belgilandi.

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi
19 aprel 2022, 15:06

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi

«Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteri hududida Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi. Markazga tibbiy, klinik va laboratoriya jihozlarini xarid qilish uchun bilan ta’minlash Koreya Eksimbanki jamg‘armasi kreditlari yo‘naltiriladi.

MIB 13 yoshli bolaga aliment to‘lamaganligi uchun xorijga chiqishga taqiq qo‘ygani aniqlandi
19 aprel 2022, 13:54

MIB 13 yoshli bolaga aliment to‘lamaganligi uchun xorijga chiqishga taqiq qo‘ygani aniqlandi

MIB tomonidan 13 yoshli bolakayga «voyaga yetmagan bolalar uchun aliment to‘lamaganligi uchun» taqiq qo‘yilgani aniqlandi. U o‘z onasi bilan Rossiyaga chiqib ketayotganida aviareysdan to‘xtatib qolingan. MIB ushbu holat «texnik xatolik sababli» yuz bergani va davlat ijrochisiga intizomiy jazo qo‘llanganini ma’lum qildi. Qolaversa, moddiy zararni undirish uchun sudga murojaat qilish so‘raldi.

Maktab bitiruvchilarining 31 foizi hali pasport (ID-karta) olmagan — XTV
19 aprel 2022, 12:36

Maktab bitiruvchilarining 31 foizi hali pasport (ID-karta) olmagan — XTV

16 yoshdan oshgan 122 ming nafardan ortiq yoki 31 foiz maktab bitiruvchisi haligacha pasport olmagan. Xalq ta’lim vazirligi bitiruvchilar pasportsiz (ID-karta) internet orqali oliy o‘quv yurtiga kirish uchun hujjat topshira olmasligini eslatdi.

Milliy gvardiyaga bir qator vakolatlar berilmoqda
19 aprel 2022, 12:28

Milliy gvardiyaga bir qator vakolatlar berilmoqda

Milliy gvardiya xodimlariga maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzganlar, voyaga yetmaganlarni tungi vaqtda ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida bo‘lishiga yo‘l qo‘yganlar, jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichganlar va boshqalarni jarimaga tortish vakolati berilmoqda.

Yil oxirigacha ko‘zi ojiz bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar o‘rnatiladi
19 aprel 2022, 11:54

Yil oxirigacha ko‘zi ojiz bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar o‘rnatiladi

Prezident qaroriga asosan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar IIVga biriktirildi va «Nurli maskan» maktablari deb qayta nomlandi. Yil yakuniga qadar ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar va innovatsion yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Qolaversa, maktablar uchun Brayl yozuvidagi darsliklar chop etiladi, o‘zbek nutqi sintezatoriga ega maxsus kompyuter dasturlari yaratiladi.

Yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumaniga ilk hokim tayinlandi
19 aprel 2022, 11:45

Yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumaniga ilk hokim tayinlandi

Qashqadaryo viloyatida yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumaniga Chiroqchi tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Xurram Jo‘rayev tayinlandi. Chiroqchi tumaniga esa Nodir Erkayev hokimlik qiladi.

Fuqaroni Qozog‘istonda o‘qiganligi to‘g‘risidagi soxta hujjat bilan SamDU 2-kursiga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
19 aprel 2022, 11:39

Fuqaroni Qozog‘istonda o‘qiganligi to‘g‘risidagi soxta hujjat bilan SamDU 2-kursiga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaroni Qozog‘istondagi universitetlardan birida 3 yil o‘qiganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar bilan SamDUga kiritib qo‘yishga va’da qilgan shaxs ushlandi. U 2 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbirkorga 2 mln dollar imtiyozli kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
19 aprel 2022, 09:47

Tadbirkorga 2 mln dollar imtiyozli kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Yashnobod tumanida ikki fuqaro tadbirkorga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bankdan 2 mln dollar imtiyozli kredit olib berishga va’da qilib, buning evaziga 100 ming dollar ustama puli so‘raganlikda gumon qilinmoqda. Ular 55 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Kamoliddin Rabbimovga tayinlangan 15 kunlik hibs chorasi apellyatsiyadan keyin jarima bilan almashtirildi
19 aprel 2022, 09:36

Kamoliddin Rabbimovga tayinlangan 15 kunlik hibs chorasi apellyatsiyadan keyin jarima bilan almashtirildi

Sudning siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovni 15 sutkaga hibsga olish to‘g‘risidagi qarori apellyatsiyadan so‘ng jarimaga o‘zgartirildi. U reyd davomida IIO xodimlari ishiga aralashib, xatoga yo‘l qo‘yganini aytib, ishni siyosiylashtirmaslikni so‘radi.

Savii.uz manfaatli va foydali onlayn-shoping taqdim etadi
19 aprel 2022, 09:00

Savii.uz manfaatli va foydali onlayn-shoping taqdim etadi

Mashhur Savii.uz dorixonalar tarmog‘i o‘z filiallarida sotilayotgan mahsulotlarni butun O‘zbekiston bo‘ylab xarid qilish qulay bo‘lishi uchun yangi saytni ishga tushirdi hamda aksiyalar e’lon qildi.

Afg‘oniston bilan chegarada vaziyat barqaror — Sherzod Asadov
19 aprel 2022, 00:13

Afg‘oniston bilan chegarada vaziyat barqaror — Sherzod Asadov

O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Termiz atrofida O‘zbekiston Qurolli kuchlari Afg‘oniston hududidan raketalar bilan o‘qqa tutilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rasman rad etdi.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov hibsga olindi
18 aprel 2022, 23:02

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov hibsga olindi

Taniqli siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olindi. IIV u xizmat vazifasini bajarayotgan IIO xodimlarining «faoliyatiga asossiz aralashgan"ligini ta’kidlamoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
18 aprel 2022, 22:16

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan bo‘shatildi. Faoliyati davomida u O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, prezident Administratsiyasi, prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

18 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 aprel 2022, 22:00

18 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

205 mln dollarga kamaygan O‘zbekiston zaxiralari, xushmuomala YPX xodimlarini Lacetti, Nexia, Spark bilan mukofotlashni taklif qilgan poytaxt hokimi, O‘zbekistonga kirayotgan diniy materiallarning ham gologramma bilan tamg‘alanishi, avtomaktablarda qimmatlashgan o‘qish narxlari, haftaning birinchi yarmida kutilayotgan yomg‘ir va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekistondagi avtomaktablarda o‘qish narxi nega oshdi?
18 aprel 2022, 21:54

O‘zbekistondagi avtomaktablarda o‘qish narxi nega oshdi?

O‘zbekistonda avtomaktab xizmatlari narxi keskin oshdi. Samarqand viloyatida haydovchilar tayyorlash maktablari 2,5 mln so‘mlik, Jizzaxda 1,6 mln so‘mlik yagona narx belgilashga kelishib olgan. Ularning narxlarning past bo‘lganligi o‘qitish sifatiga ta’sir qilganligini ta’kidlamoqda. Endilikda avtomaktablar egalarining o‘zlari yagona narxlarga rioya etilishini tekshiradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting