Hukumat yangi yo‘l harakati qoidalarini nega jamoatchilik muhokamasisiz tasdiqladi?

Vazirlar Mahkamasi yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalarini jamoatchilik muhokamasisiz tasdiqladi. Bunga prezidentning 17 martdagi farmoni bilan muhokamaga qo‘yiladigan hujjatlar tasnifiga kiritilgan o‘zgartirish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Unga ko‘ra, endi faqatgina muhim hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Oldingi tartibga ko‘ra, barcha hujjatlar loyihalari muhokamaga qo‘yilishi shart edi.

«O‘zbekiston muvozanatli yo‘l tutishga majbur». AQSh elchisi O‘zbekistonning Ukraina mojarosidagi pozitsiyasi haqida

AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum O‘zbekistonning Ukraina mojarosidagi pozitsiyasini tushunishini ma’lum qildi. «Rossiya bilan ham, Ukraina bilan ham chuqur tarixiy va muhim rishtalarga ega. Manfaatlar bois O‘zbekiston muvozanatli yo‘l tutishga majbur… O‘zbekiston birontasining yonini olmayapti», — dedi u.

«Sijjak» dam olish maskani yana sotuvga qo‘yildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonlik tumanidagi «Sijjak» dam olish maskani yana sotuvga qo‘yildi. Xaridor oromgohda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishi kerak.

Yangi yo‘l harakati qoidalarida yo‘llarga ruxsatsiz sun’iy to‘siqlar o‘rnatish taqiqlandi

O‘zbekistonning yangi Yo‘l harakati qoidalarida yo‘llarga ruxsatsiz sun’iy to‘siqlar o‘rnatish taqiqlandi. Odatda ularni fuqarolar va kompaniyalarning o‘zlari o‘rnatardi. Chunki mas’ul organlar piyodalarni himoya qilish uchun buni bajarishmaydi.

Haydovchilik guvohnomasi va «texpasport»ni almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi

Hukumatning 12 apreldagi qarori bilan eski haydovchilik guvohnomasi va «texpasport»ni almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi. Uning muddati haydovchilik guvohnomasi va ro‘yxatga olish guvohnomasi berilgan yilga bog‘liq. Agar ular 2010 yilgacha berilgan bo‘lsa, 2023 yil 31 martgacha almashtirilishi kerak.

O‘zbekiston Yamanda sulh va o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini olqishlaydi — TIV

O‘zbekiston Yamanda ikki oylik sulh va o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini olqishlaydi. Tashqi ishlar vazirligi tegishli bayonot bilan chiqdi.

Samarqandda fuqaro davlat zaxirasidagi 80 sotix yerni $22 mingga sotishga uringani aytilmoqda

Jomboy tumanida fuqaro davlat zaxirasidagi 80 sotix yerni tanishlari orqali boshqa fuqaroga rasmiylashtirib berishiga ishontirgani va buning evaziga 22 ming dollar talab qilgani aytilmoqda. U oldindan 11 ming dollarni olganida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

1 mln so‘m evaziga gashish moddasini eltib bermoqchi bo‘lgan ikki fuqaro qo‘lga olindi

DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda samarqandlik ikki fuqaro yonida 1 kgdan ortiq gashish moddasi bilan ushlandi. Ularga narkokurerlik uchun 1 mln so‘mdan berilishi aytilgan. Bundan tashqari, Toshkent shahri, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida ham giyohvand moddalar savdosi bilan aloqador bir nechta gumonlanuvchilar qo‘lga olindi.

Haydovchilar YPX xodimining dislokatsiya ko‘chirmasi bilan joyida tanishish huquqidan mahrum bo‘ldi

Hukumat qarori bilan endilikda haydovchi YPX xodimining dislokatsiya ko‘chirmasi bilan o‘sha joyning o‘zida tanisha olmaydi. Buning o‘rniga haydovchi saf bo‘limidan yozma ma’lumot talab qilishi mumkin. Shuningdek, body camera’si bor YPX xodimi haydovchining mastlik holatini alkotester yordamida hodisa joyida o‘zi aniqlashi va bayonnoma rasmiylashtirishi mumkin.

Old o‘rindiqdagi yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqishlari shart bo‘ladi

1 maydan boshlab avtomobilning old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqib olishlari shart bo‘ladi. Orqa o‘rindiqlarda xavfsizlik kamarini taqish va maxsus bolalar o‘rindig‘idan foydalanish tavsiya sifatida qolmoqda.

Innovatsiya vazirligi hukumatda Sardor Umurzakov tizimiga biriktirildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi hukumatda bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov rahbarlik qilayotgan tizimga o‘tkazildi. Bunga qadar vazirlik bosh vazir Abdulla Aripov to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlik qilgan kompleksda edi.

Aleksey Xen Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari bo‘ldi

Aleksey Xen Toshkent hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U o‘zi ishlab kelayotgan Raqamli rivojlanish departamentiga rahbar bo‘ldi.

Finlyandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi departamenti bosh direktori maslahatchisi lavozimida ishlagan Ilkka Ryaysyanen mazkur davlatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.

120 turdagi dori mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 3 yilga kafolatli xarid qilinadi

1 iyulga qadar talab yuqori bo‘lgan 120 turdagi dori vositasini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 3 yilga kafolatli xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuziladi. Buning uchun shu yilning o‘zida 300 mlrd so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchilarga bir qator imtiyozlar taqdim etish ham rejalashtirilmoqda.

Adliya vazirligi tibbiyot va ta’lim sohalari xodimlari nomidan sudlarga qariyb 7,2 mlrd so‘mlik da’vo kiritdi

15 martdan beri Adliya vazirligi tibbiyot va ta’lim sohalari xodimlari manfaati yo‘lida sudlarga salkam 7,2 mlrd so‘mlik da’vo kiritdi. Natijada 5,2 mlrd so‘mlik ish haqi, ustama va boshqa to‘lovlar undirildi, qolaversa, 398 ta shaxs intizomiy, 33 ta shaxs esa ma’muriy javobgarlikka tortildi. Murojaatlarning eng ko‘pi Andijon, Qashqadaryo va Navoiy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qolaversa, SSV, Oliy ta’lim, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari tizimida ham o‘rganishlar olib borilmoqda.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Kirill Altman: Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?

O‘zbekistonda futbolni sevishadi va ko‘pchilik bolaligidan sevimli jamoasini tanlab, unga ishqibozlik qiladi. Jurnalist Kirill Altman «Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?» loyihasi doirasida nega O‘zbekistonda mahalliy klublarga muxlislik qilinmasligi va futbolda oddiy hisobdan ko‘ra nima jozibaliroq ekanligi haqida gapirdi.

O‘zbekistonda oq qog‘oz narxi keskin qimmatlashdi. Sabab — Rossiyada narxlarning oshishi

O‘zbekistonda oq qog‘oz narxi o‘rtacha 2 barobarga oshdi. Bu Rossiya zavodlaridagi oqartirgich importi bilan bog‘liq cheklovlar tufayli qog‘oz narxining oshishi fonida sodir bo‘lmoqda. O‘zbekistonda qog‘oz va karton importining deyarli yarmi Rossiya korxonalariga to‘g‘ri keladi.

Daun sindromi bo‘lgan bolalar o‘qiy oladi va mehnat qilish huquqiga ham ega!

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori Alisher Inakov matbuot anjumanida Daun sindromi bo‘lgan bolalar «o‘qiy olmasligini» aytdi. Bunday so‘zlar ota-onalar va jamoatchilik faollari noroziliga sabab bo‘lib, agentlikni ular bilan uchrashuv tashkil qilishiga undadi. «Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov mazkur vaziyat yuzasidan bolalarning o‘qishga huquqi va amaldorlar so‘zining kuchi yuzasidan shaxsiy fikrini bildirdi.