Navoiyda DXSH asosida mini stadion qurishga ajratilgan yerni $50 mingga sotishga uringan shaxs ushlandi
18 aprel 2022, 11:43

Navoiyda DXSH asosida mini stadion qurishga ajratilgan yerni $50 mingga sotishga uringan shaxs ushlandi

Navoiyda fuqaro o‘ziga davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida futbol maydonchasi qurish uchun ajratilgan 9,9 sotix yer maydonini 50 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

O‘zbekiston zaxiralari 205 mln dollarga kamaydi
18 aprel 2022, 11:33

O‘zbekiston zaxiralari 205 mln dollarga kamaydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari aprel oyi boshida 35,15 mlrd dollargacha qisqardi. Bu pasayish asosan valyuta zaxiralarining kamayishi bilan bog‘liq. Oltin zaxiralarining jismoniy hajmi o‘zgarmagan, ammo qiymati ozroq oshgan.

Haftaning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
18 aprel 2022, 11:25

Haftaning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet haftaning birinchi yarmida respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganini ma’lum qildi. Chorshanba kunigacha ba’zi hududlarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayadi, natijada ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi. Havo xarorati esa +20…+28 daraja atrofida bo‘ladi.

Avtomaktablarda o‘qish narxi bir yilda o‘rtacha 15,2 foizga qimmatlashdi
18 aprel 2022, 10:59

Avtomaktablarda o‘qish narxi bir yilda o‘rtacha 15,2 foizga qimmatlashdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 15,2 foizga, yil boshidan beri esa 13,9 foizga qimmatlashgan.

O‘TY: Afg‘oniston «Hayraton — Mozori-Sharif» yo‘nalishi boshqaruvidan mamnun
18 aprel 2022, 10:10

O‘TY: Afg‘oniston «Hayraton — Mozori-Sharif» yo‘nalishi boshqaruvidan mamnun

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi (ARA) «Hayraton — Mozori-Sharif» yo‘nalishini 2011 yildan buyon boshqarib kelayotgan o‘zbek kompaniyasi faoliyatidan «butunlay qoniqish hosil qilgani»ni bildirdi. Bir vaqtning o‘zida afg‘on matbuoti ARA nazoratni bosqichma-bosqich o‘z qo‘liga olish niyatida ekani haqida yozmoqda.

Qashqadaryoda mahalla yoshlar yetakchisi o‘z joniga suiqasd qildi
18 aprel 2022, 10:01

Qashqadaryoda mahalla yoshlar yetakchisi o‘z joniga suiqasd qildi

G‘uzor tumanining «Sovbog‘» mahallasida yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan 37 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ydi. Bunga uning ruhiyatidagi o‘zgarishlar, shu jumladan qarzi ko‘payib ketgani va ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Jizzax shahar hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
17 aprel 2022, 15:36

Jizzax shahar hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jizzax shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib Aziz Ergashev tayinlandi. U «O‘zneftgazinspeksiya» Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

«Banklar eng katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti» — prezident
17 aprel 2022, 14:35

«Banklar eng katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti» — prezident

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga tadbirkorlik subyektlarining imtiyozli kreditlarini qoplash uchun budjetdan qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi. Hududlardagi kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun banklarga 300 mln dollar ajratiladi. Shavkat Mirziyoyev: «Ajratiladigan har bir dollar, har bir so‘m — budjetdanmi, bankdanmi — bu hammasi xalqning puli», — deya ta’kidladi. Shu bilan birga, u banklar eng katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanayotganini qayd etdi.

Buxoroda afg‘on narkokureri ushlandi
17 aprel 2022, 11:26

Buxoroda afg‘on narkokureri ushlandi

DXX qariyb 1 kg «opiy» moddasini Buxoroga olib kelib, 2,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan afg‘onistonlik narkokurerni ushladi. Andijonda esa qirg‘izistonlik narkokurerlar tomonidan olib kelingan 5,3 kg «gashish» musodara qilindi.

Poytaxtda kuchukchani kaltaklagan erkak qidirilmoqda
17 aprel 2022, 10:13

Poytaxtda kuchukchani kaltaklagan erkak qidirilmoqda

Toshkentda kuchukchani bolalar ko‘z o‘ngida kaltaklagan shaxs qidirilmoqda. Xabar qilinishicha, u kulrang «Kobalt»da ketgan.

Davlat organlarining axborot tizimlari majburiy tartibda kiberxavfsizlik ekspertizasidan o‘tkaziladi
17 aprel 2022, 10:06

Davlat organlarining axborot tizimlari majburiy tartibda kiberxavfsizlik ekspertizasidan o‘tkaziladi

Prezident «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, davlat organlarining axborot resurslari va tizimlari majburiy tartibda kiberxavfsizlik ekspertizasidan o‘tkaziladi. DXX kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ etib belgilandi.

Toshkent viloyatida 40 gektar yerni $3 mlnga sotishga uringan shaxslar ushlandi
16 aprel 2022, 18:39

Toshkent viloyatida 40 gektar yerni $3 mlnga sotishga uringan shaxslar ushlandi

Bo‘stonliq tumanida to‘rt nafar tadbirkor va Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi yordamchisi 40 gektar yerni 3 mln dollarga sotishga uringanlikda gumon qilinmoqda. Ular 180 ming dollarni avans tariqasida olganida ushlangan. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Boris Jonsondan Tereza Meygacha: Rossiya Buyuk Britaniya amaldorlarini mamlakatga kirishini chekladi
16 aprel 2022, 17:29

Boris Jonsondan Tereza Meygacha: Rossiya Buyuk Britaniya amaldorlarini mamlakatga kirishini chekladi

Moskva London sanksiyalariga javoban Buyuk Britaniyaning 13 nafar amaldorlarini, shu jumladan, bosh vazir Boris Jonson, adliya vaziri Dominik Raab, tashqi ishlar vaziri Elizabet Trass, mudofaa vaziri Ben Uolles va xattoki sobiq bosh vazir Tereza Meyni ham Rossiyaga kirishini ta’qiqladi.

G‘ofur Rahimov O‘zbekiston professional boks federatsiyasida ish boshladi
16 aprel 2022, 16:42

G‘ofur Rahimov O‘zbekiston professional boks federatsiyasida ish boshladi

AIBA sobiq rahbari va tadbirkor G‘ofur Rahimov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

Yirik motorli va gibrid avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruvi arzonlashadi
16 aprel 2022, 16:23

Yirik motorli va gibrid avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruvi arzonlashadi

Prezident qarori bilan O‘zbekistonga dvigatel sig‘imi 3 litrdan ortiq bo‘lgan hamda gibrid avtomobillarni olib kirish arzonlashadi.

1-sentabrgacha 160 ta ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi
16 aprel 2022, 14:12

1-sentabrgacha 160 ta ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi

1-sentabrgacha Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida ixtisoslashtirilgan 19 ta maktab-internat va 141 ta maktab tashkil etiladi. Bolalar 2022/2023 o‘quv yilida maktablarning aniq fanlar yo‘nalishiga 5−11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7−11-sinflarga qabul qilinadi. Qolaversa, maktablarda sun’iy intellekt, robototexnika, nanotexnologiya, IELTS va TOEFL bo‘yicha qo‘shimcha kurslar o‘tiladi.

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan avariyada Qirg‘iziston fuqarosi vafot etdi
16 aprel 2022, 13:17

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan avariyada Qirg‘iziston fuqarosi vafot etdi

Qirg‘izistonlik haydovchi boshqaruvidagi suyultirilgan gaz ortilgan yuk mashinasi Qamchiq dovonida qatnov qismini ajratib turuvchi to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etdi.

O‘zbekistonda «Bolalik Akademiyasi» raqamli platformasi ishga tushirildi
16 aprel 2022, 13:01 2

O‘zbekistonda «Bolalik Akademiyasi» raqamli platformasi ishga tushirildi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Learning Passport «Bolalik Akademiyasi» raqamli platformasi ishga tushirildi. Platforma 3−6 yoshli bolalarning tarbiyachilari va ota-onalari o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishiga imkon yaratadi. Uning doirasida 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish, 1,5 mlnga yaqin bolalarning o‘qish va rivojlanish natijalarini yaxshilash rejalashtirilmoqda.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
16 aprel 2022, 12:23

Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Dilshod Kenjayev, o‘rinbosari lavozimiga esa Alisher Ubbiyev tayinlandi.

Toshkentda xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan shifoxona mas’uli jarimaga tortildi
16 aprel 2022, 11:57

Toshkentda xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan shifoxona mas’uli jarimaga tortildi

Toshkent shahar majburiy davolash narkologiya shifoxonasi hodimlarini yer ag‘darish ishlariga majburiy jalb qilgani uchun shifoxona xo‘jalik ishlari mudiri jarimaga tortildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting