O‘zbekistonda dvigatel sig‘imi 3 litrdan ortiq bo‘lgan avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruvi arzonlashadi. Bu prezident 15 aprel kuni imzolagan qarorda qayd etilgan.

Bojxona stavkalari ikki bosqichda pasaytiriladi. 2023 yil 1 yanvarga qadar ular ikki va undan ko‘proq martaga arzonlashadi. Nafaqat bojlar, balki dvigatel hajmini hisobga oladigan qo‘shimcha koeffitsiyentlar ham kamayadi. 2023 yil 1 yanvargacha bojxona boji 15 foiz darajasida qoladi, lekin, qo‘shimcha koeffitsiyentlar tushadi. Ushbu o‘zgarishlar faqat ishlab chiqarilganidan boshlab chegara bojxonasidan o‘tishgacha bo‘lgan muddat 1 yildan oshmagan (bunga qadar — 3 yildan ko‘p bo‘lmagan) 3000 kub metrdan ortiq hajmli dvigatelga ega avtomobillarga taalluqli.

TIF TN kodi
Tovar nomi
Bojxona stavkasi (bojxona qiymatidan foizda yoki o‘lchov birligi uchun AQSh dollarida)
Avvalgi stavka

8703 24 10
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tishda ishlab chiqarilgan sanasi 1 yildan oshmaydigan, faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 3000 kub sm dan ortiq, ilgarilanma-qaytma harakatli porshenga ega, uchqundan alangalanadigan ichki yonuv dvigatelli yangi tansport vositalari


2023 yil 1 yanvarga qadar:
15+1,5 doll./ kub.sm.


2023 yil 1 yanvardan:
15+1,25 doll./ kub.sm.





30+3,0 doll./ kub.sm.
yangi transport vositasi faqat dvigatel silindrining ishchi hajmi 3000 kub sm dan ortiq, ilgarilanma-qaytma harakatli porshenga ega, uchqundan alangalanadigan ichki yonuv dvigatelli


30+3,0 doll. / kub. sm

Bundan tashqari, ham ichki yonuv dvigateli, ham elektr dvigateliga ega bo‘lgan avtomobillarga birinchi marta bojxona to‘lovlari joriy etilmoqda. Gap Toyota Prius, Lexus CT200 h, Audi A6 Hybrid, Mercedes-Benz S400 Hybrid va boshqa gibrid avtomobillar haqida ketmoqda.

Gibridlar uchun dvigatel turiga qarab avtomobil narxining 15% va 30% miqdorida boj to‘lanadi. Ilgari gibrid avtomobillar bojxona rasmiylashtiruvida oddiy avtomobillar kabi to‘lovlar va koeffitsiyentlarga tortilardi.

Fevral oyida Shavkat Mirziyoyev avtomobillar importi uchun boj to‘lovlarini ikki bosqichda ikki baravar kamaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi. «Gazeta.uz» bojxona to‘lovlarining kamaytirilishi O‘zbekistonga olib kirilayotgan avtomobillar narxiga qanday ta’sir qilishini (misollar bilan) hisoblab chiqqandi.