12 aprel kuni soat 18:00 atrofida Toshkentning Chilonzor tumanida ayol kishi noma’lum erkakning bolalar o‘ynab yurgan kuchukchani ularning ko‘z o‘ngida qattiq kaltaklaganiga guvoh bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda kaltaklash oqibatlari aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Erkak «ho‘l asfalt» rangli Cobalt mashinasini haydab ketgan. Toshkent IIBB 43 yoshli I. K.ning ko‘rsatmasini olgach, tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Haydovchi va transport vositasi qayerdaligini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.