Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktoriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi, deb xabar qildi Bu haqda «Nigoh» Telegram-kanali.

Agentlik rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Dilshod Kenjayev tayinlandi. U bunga qadar 2021 yildan beri prezident maslahatchisi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Agentlik bo‘limida boshliq sifatida ishlagan Alisher Ubbiyev esa direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq, Dilshod Kenjayevning o‘rnini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Nodirjon Xalbutayev egallagani haqida yozgandik.