Jizzax shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib Ergashev Aziz Mamarasulovich tayinlandi, deya xabar qildi shahar hokimligi matbuot xizmati. Tashkiliy masala 15 aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda ko‘rib chiqildi.

U Jizzax viloyati Moliya boshqarmasi boshliq o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Tojiboyev Jasur Ergashevich o‘rnini egalladi.

Aziz Ergashev bunga qadar «O‘zneftgazinspeksiya» Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.