15 aprel kuni «Qamchiq» dovonida «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishda harakatlangan Qirg‘izistonning CHAKMAN rusumli yuk avtomashinasi yo‘lda YTHga uchradi. Bu haqda FVV xabar berdi.

«Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali — O‘sh» avtomobil yo‘lining 196 kmda Qamchiq dovonida qirg‘izistonlik haydovchi boshqaruvni yo‘qotdi.

Buning oqibatida yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilib, qarama-qarshi yo‘nalishning bir qismiga yiqilib qoldi. Buning ortidan yo‘lning harakat qismini to‘sib qo‘ydi.


Maxsus qidiruv yong‘in qutqaruv boshqarmasi, YPX va «Qamchiqavtoyo‘l» IYFUK xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi.

Aniqlanishicha, avtomashina sisternasida propan suyultirilgan gaz bo‘lgan, haydovchi (avtomashinada yolg‘iz bo‘lgan) Qirg‘iziston fuqarosi voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, qutqaruvchilar hodisa oqibatlarini texnikalar yordamida bartaraf etgan. Hozirda avtomobillarning havfsiz harakati qayta tiklangan.