Aprel oyida inflyatsiya qariyb 1,5%ni tashkil etdi
2 may 2022, 17:28

Aprel oyida inflyatsiya qariyb 1,5%ni tashkil etdi

Aprel oyida tovarlar va xizmatlar narxlari 1,47%ga qimmatlashdi. Yillik inflyatsiya biroz pasayib, 10,4%ga tushdi. Oziq-ovqat narxlari oldingi yillarga nisbatan sekinroq, sanoat tovarlari esa tezroq o‘sgan.

Samarqanddagi bank rahbari kredit ajratish evaziga pora olmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi
2 may 2022, 14:29

Samarqanddagi bank rahbari kredit ajratish evaziga pora olmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi

Samarqandda «Mikrokreditbank» filiali rahbari tadbirkorga kredit ajratib berish evaziga 10 ming dollar pora talab qilib, aytilgan summaning 6 mingini olayotganda qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

DXX Tojikistondan kelgan poyezdda qariyb 2 kg «opiy»ni aniqladi
2 may 2022, 12:26

DXX Tojikistondan kelgan poyezdda qariyb 2 kg «opiy»ni aniqladi

DXX Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi xalqaro o‘tkazish punktida Tojikistondan kirib kelgan yuk poyezdi vagonining g‘ildiraklari orasida 1 kilogramm 949 grammlik «opiy» giyohvandlik vositasi borligini aniqladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Prezident Ramazon hayiti bilan tabrikladi
1 may 2022, 22:10

Prezident Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Prezident o‘zining bayram tabrigida Ramazon hayiti dunyo ahlini o‘zaro do‘st va birodar bo‘lib, totuvlik va hamkorlikda yashashga da’vat etishini ta’kidladi. «Yurtimizda barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, qadimiy va o‘lmas qadriyatlarga tayangan holda taraqqiyot sari jadal odimlash — davr talabidir», — dedi u.

O‘zbekiston harbiy texnikalarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti
1 may 2022, 18:55

O‘zbekiston harbiy texnikalarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti

O‘zbekiston o‘tgan yil avgustida mamlakatga uchib kelgan harbiy samolyot va vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti, chunki ular AQSh mulki hisoblanadi va bu masala rasmiy Vashington tomonidan hal qilinishi kerak. Bu haqda «Amerika Ovozi»ga bergan intervyusida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ma’lum qildi.

Mudofaa vazirligi Afg‘oniston havo makonining buzib o‘tilgani haqidagi xabarga raddiya berdi
1 may 2022, 10:50

Mudofaa vazirligi Afg‘oniston havo makonining buzib o‘tilgani haqidagi xabarga raddiya berdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi «Sputnik Afganistan» agentligining O‘zbekistonning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqidagi xabarini rad etdi.

Ramazon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi
1 may 2022, 10:34

Ramazon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi. Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:40 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 2 may — dushanba kuniga to‘g‘ri keladi
30 aprel 2022, 18:13

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 2 may — dushanba kuniga to‘g‘ri keladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may — dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 3 va 4 may esa qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.

Toshkent hokimi drift havaskorlari uchun poligon ajratishni taklif qildi
30 aprel 2022, 17:45 1

Toshkent hokimi drift havaskorlari uchun poligon ajratishni taklif qildi

Avtopoyga va drift ishqibozlari uchun Toshkent shahrida poligon ajratilishi mumkin. Bu boradagi taklifni poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bildirdi va ularga havaskor darajasida qarash kerakligini aytdi. Hozir ushbu qoidabuzarlik uchun 5−15 sutkaga qamash jazosi qo‘llaniladi. Hokimning fikricha, «hamma narsaga taqiq qo‘yish shart emas».

Afg‘onistonda portlashlar davom etmoqda. Kobulda 50 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
30 aprel 2022, 14:14

Afg‘onistonda portlashlar davom etmoqda. Kobulda 50 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Afg‘onistonda tinch aholiga qarshi qator terrorchilik hujumlari davom etmoqda. 29 aprel kuni Kobuldagi so‘fiy masjidida sodir bo‘lgan portlashda turli hisob-kitoblarga ko‘ra 10 dan 50 nafargacha odam halok bo‘lgan.

Ayrim nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa bilan birga stipendiya ham beriladi
30 aprel 2022, 13:23

Ayrim nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa bilan birga stipendiya ham beriladi

Prezident qarori bilan «Ishga marhamat» monomarkazlarida o‘qitilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa bilan birga 540 ming so‘m miqdorida har oy stipendiya to‘lab beriladi. Shuningdek, yetim bolalar ikkilamchi bozordan davlat olib bergan uy-joyni rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun boj to‘lamaydi.

Sanjar Mavlonov Sirdaryo viloyatiga prokuror bo‘ldi
30 aprel 2022, 11:32

Sanjar Mavlonov Sirdaryo viloyatiga prokuror bo‘ldi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani prokurori Sanjar Mavlonov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi
30 aprel 2022, 11:13

O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi

O‘zbekiston Termiz shahridagi «Ayritom» chegara punkti orqali Afg‘onistonga 58 ta vagondan iborat poyezdda navbatdagi insonpararlik yordamini jo‘natdi.

Ekstremistik guruhlarga qo‘shilib ketgan 14 nafar andijonlik qidirilmoqda
30 aprel 2022, 10:14

Ekstremistik guruhlarga qo‘shilib ketgan 14 nafar andijonlik qidirilmoqda

Andijonda xalqaro ekstremistik tashkilotlarga qo‘shilib, ularning harakatlarida ishtirok etayotganlikda gumonlangan 14 nafar shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Ularning 4 nafari ayollardan iborat (ro‘yxat).

Hayit bayrami uchun pishiriqlar
30 aprel 2022, 10:05

Hayit bayrami uchun pishiriqlar

Hayit bayrami uchun qanday mazali pishiriqlar tayyorlash mumkin? Asalli noodatiy qush tili, chak-chak, yong‘oqli bulochkalar va pishiriqlar, «konfetka» pechenesi, Bostoncha kremli tort — Zira.uz retseptlarida.

29 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 aprel 2022, 22:00

29 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

1 maydan oshiriladigan pensiya va nafaqalar, o‘zini 4-qavatdan tashlagan O‘zDJTU talabasi, Ramazon hayiti arafasida afv etilgan 65 nafar fuqaro, urush faxriylariga 15 mln so‘mdan berilishi, «Ichan-Qal’a»dagi 33ta tarixiy obidaga jiddiy zarar yetkazayotgani aytilgan termitlar, judda issiq boshlanadigan may oyi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 29 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi
29 aprel 2022, 19:33

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli farmoniga asosan Shoxrux Aminov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Sirdaryo hamda Navoiy viloyatlarida prokuror lavozimida faoliyat yuritgan.

Prezident aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ma’lum qildi
29 aprel 2022, 18:09

Prezident aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ma’lum qildi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ijtimoiy yordamga muhtoj 2,2 mln kishi bor. Shavkat Mirziyoyev keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy muassasalar tarbiyalanuvchilari va boshqalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ma’lum qildi.

1 sentabrdan «dekret» to‘lovlarining bir qismini davlat to‘lab beradi
29 aprel 2022, 17:44

1 sentabrdan «dekret» to‘lovlarining bir qismini davlat to‘lab beradi

1 sentabrdan boshlab homiladorlik nafaqasi to‘lovlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan to‘lash tartibi joriy etiladi. Buning uchun Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilib, unga joriy yilda budjetdan 170 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi.

Ramazon hayiti arafasida 65 nafar fuqaro afv etildi
29 aprel 2022, 17:26

Ramazon hayiti arafasida 65 nafar fuqaro afv etildi

Prezident Ramazon hayiti arafasida tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 65 nafar fuqaroni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting