«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda Hayit bayrami uchun pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Yong‘oqli bulochkalar


Oshirma xamirdan tayyorlangan ushbu bulochkalar, sizni qiziqarli shakli va oddiy retsepti bilan xursand qilishlari aniq.

Chak-chak


Chak-chak ko‘p masalliqlarni talab qilmaydigan, ammo juda mazali yegulik!Bu shirinligimizni ta’bingizga qarab har xil yong‘oqlar, mak yoki quritilgan mevalar bilan ham bezatishingiz mumkin.

Asalli noodatiy qush tili


Agar siz qarsildoq va mazali qush tilini yoqtirsangiz, unda uni ushbu retsept bo‘yicha tayyorlab ko‘ring. Asalli qiyomga ega noodatiy qush tili — bayram dasturxoni uchun ayni muddao.

Shokoladli glazur bilan bezatilgan yong‘oqli pishiriqlar


Bunday shirinlik ajoyib ko‘rinishi bilan har qanday dasturxonga ko‘rk bag‘ishlabgina qolmasdan, ta’mi bilan ham ko‘pchilikning qalbidan chuqur joy egallaydi.

«Konfetka» pechenesi


Ushbu pechene uchun shakarsiz xamir tayyorlanadi, ammo yong‘oqli shirin nachinka buni to‘ldiradi va biz mutanosib ta’mga ega bo‘lamiz.

Bostoncha kremli tort


Bostoncha kremli tort bu pazandachilikning klassik pishiriqlaridan biri hisoblanar ekan. Mayin krem va shokoladli glazur esa unga o‘zgacha ta’m va chiroy bag‘ishlaydi.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15