Sanjar Mavlonov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mehnat faoliyatini 2006 yilda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchilikdan boshlab, tuman prokuraturasi tergovchisi, Toshkent viloyati prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Yangiyer shahar prokurori, Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2019 yildan joriy yilning 30 apreliga qadar Toshkent shahar Shayhontohur tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning tegishli farmoniga asosan Shoxrux Aminov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangani haqida yozgandik.