30 aprel kuni Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi, deya xabar bermoqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘zbekistonning afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami 58 ta vagondan iborat poyezdda Termiz shahridagi «Ayritom» chegara o‘tkazish punkti orqali jo‘natildi.

Afg‘onistonga yuborilgan insonparvarlik yordami tarkibida quyidagilar o‘rin olgan:

  • 16 ta vagonda 1000 tonna un maxsuloti;
  • 5 ta vagonda guruch mahsuloti;
  • 1 ta vagonda 12 ming dona ikra;
  • 1 ta vagonda 9679 quti shokolad, pechene;
  • 1 ta vagonda 16 156 banka murabbo;
  • 1 ta vagonda 70 000 qadoqda dori-darmon;
  • 1 ta vagonda 100 ming dona vaksina, 100 ming dona kovid-test, 20 ming dona kiyim-kechak, 10 tonna yog‘;
  • 2 ta vagonda 6600 quti lapsha mahsuloti;
  • 1 ta vagonda 103 716 dona dori-darmon;
  • 29 ta vagonda 2000 tonna bug‘doy.

«Ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistondan 63 ta vagonda insonparvarlik yordami yetkazib berilgan edi.

2022 yilning mart oyida UNICEF ham Termiz orqali afg‘on xalqiga $2,3 mlnlik gumanitar yordam yubordi.