«Mo‘ynoq qo‘ltig‘i»dagi qamishzorlarda yong‘in chiqdi
18 may 2022, 10:06

«Mo‘ynoq qo‘ltig‘i»dagi qamishzorlarda yong‘in chiqdi

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani «Mo‘ynoq qo‘ltig‘i»dagi qamishzorlarda yong‘in yuz berdi. Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘qligini, chunki qamishzorlar bo‘yi suv va botqoqlikdan iboratligini aytmoqda. Yong‘indan jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

17 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 may 2022, 22:00

17 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham borligini tanqid qilgan Shavkat Mirziyoyev, 700 dan ortiq Nest One quruvchisiga maosh vaqtida to‘lanmagani, O‘zbekistonda boshlangan mahalla raislari saylovi, Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishini 2 barobarga tezlashtirgan Orol fojiasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 17 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

700 dan ortiq Nest One quruvchisiga maosh vaqtida to‘lanmagan — Mehnat inspeksiyasi
17 may 2022, 18:55

700 dan ortiq Nest One quruvchisiga maosh vaqtida to‘lanmagan — Mehnat inspeksiyasi

Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi Nest One binosini qurayotgan «Ozguvn mimarlik inshaat» va «Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar» kompaniyalari jami 739 nafar ishchiga maoshini o‘z vaqtida bermaganini aniqladi. Avvalroq quruvchilar namoyish o‘tkazib, avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Seshanba kuni 2,3 mlrd so‘mdan ortiq ish haqi to‘lab berilishiga erishildi va inspeksiya har ikkala kompaniya rahbari Guven Mehmetraga yozma ko‘rsatma kiritdi.

«Birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor» — Shavkat Mirziyoyev
17 may 2022, 18:44

«Birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor» — Shavkat Mirziyoyev

Birja savdolarni ko‘paytirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari Jomboy va Uychi tumanlarida birja orqali g‘isht hamda beton qorishmasini sotgan korxonalarni e’tirof etib, hokimlar tomonidan bu tajriba yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganini tanqid qildi. «Ochiq aytish kerak, hali aksariyat hokimlar masalaning ichiga kirmagan, birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor», — dedi u. Prezident yil oxirigacha o‘z mahsulotlarini birjalarga olib chiqadigan tadbirkorlar sonini 2 baravarga, mahsulotlar turini esa 5 baravarga oshirishni topshirdi.

Iroqdagi chang bo‘roni sababli maktab, aeroport va hukumat idoralari yopildi
17 may 2022, 17:57

Iroqdagi chang bo‘roni sababli maktab, aeroport va hukumat idoralari yopildi

16 may kuni Iroq poytaxti Bag‘dod va bir qator viloyatlarni so‘nggi bir oydagi sakkizinchi chang-qum bo‘roni qopladi. Rasmiylar maktablar, aeroportlar va davlat idoralarini yopib qo‘ydi, minglab kishilar nafas qisishi shikoyati bilan kasalxonalarga murojaat qilishdi.

«Qoradori-2022»: Qamashida 50 tup kannabis yetishtirayotgan shaxs ushlandi
17 may 2022, 17:43

«Qoradori-2022»: Qamashida 50 tup kannabis yetishtirayotgan shaxs ushlandi

Samarqandlik fuqaro Qashqadaryoning Qamashi tumanida ijaradagi uyida 50 tup kannabis yetishtirayotgani aniqlandi.

Toshkentdagi Mehribonlik uyida sodir etilgan o‘g‘rilik va huquqbuzarlik yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 may 2022, 17:43

Toshkentdagi Mehribonlik uyida sodir etilgan o‘g‘rilik va huquqbuzarlik yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prokuratura Toshkent shahridagi 21-sonli Mehribonlik uyi faoliyatini tekshirgandan so‘ng, jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Aprel oyida muassasa tarbiyalanuvchilari xodimlarning biridan norozi bo‘lib, namoyish uyushtirgandi. Prokuratura bir qator qonunbuzarliklar, jumladan, mablag‘larni o‘zlashtirish holatlarini aniqladi. Mehribonlik uyi direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

O‘zbekistonda mahalla raislari saylovi boshlandi
17 may 2022, 17:28

O‘zbekistonda mahalla raislari saylovi boshlandi

O‘zbekistonda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi boshlandi. Mamlakatda 9349 ta fuqarolar yig‘inlari mavjud. Nomzodlar 26,9 ming kishini tashkil etadi (har bir o‘ringa deyarli 3 nomzod). Birinchi kunda 834 nafar rais saylangan bo‘lib, ularning 52 foizi ushbu lavozimga qayta saylangan.

«Qo‘lingizga Konstitutsiyani oling va o‘qing: qaysi modda nima uchun o‘zgarishi kerak?»
17 may 2022, 16:38

«Qo‘lingizga Konstitutsiyani oling va o‘qing: qaysi modda nima uchun o‘zgarishi kerak?»

O‘zLiDeP va «Milliy tiklanish» partiyalari Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani parlamentning ikki palatasi kengashlari muhokamasiga kiritish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov takliflarda xalqning orzu-istaklari mujassam ekanligini ta’kidladi. «Milliy tiklanish» yetakchisi Alisher Qodirov esa barcha fuqarolarni taklif bildirishga chaqirdi. Deputatlar prezident avvalroq bildirib o‘tgan takliflarni takrorlamoqda.

Nest One quruvchilari oylik kechikkani sababli chorrahani to‘sib qo‘ydi
17 may 2022, 16:18

Nest One quruvchilari oylik kechikkani sababli chorrahani to‘sib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nest One binosining o‘nlab quruvchilari yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Murad Buildings kompaniyasi «Gazeta.uz» ga namoyishlarga maoshdagi kechikishlar sabab bo‘lganini tasdiqladi. Kompaniya rahbari Murod Nazarov esa ayni vaqtda «hammayoq tinchligi, ishchilar o‘z o‘rnida ishlayotganini va bunga binoning oxirgi qavatida osh tayyorlagani» sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Poytaxt IIBB tekshiruv o‘tkazmoqda.

Antimonopoliya qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga nisbatan ish ochdi
17 may 2022, 15:04

Antimonopoliya qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga nisbatan ish ochdi

Antimonopoliya qo‘mitasi Toshkent shahri va viloyatidagi 178 ta laboratoriya Intermed Innovation kompaniyasiga o‘tkazilishiga oid ma’lumotlarni taqdim etmaganligi uchun SSVga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atdi. «Agar shu hafta berilmasa tegishli tartibda ma’muriy javobgarlik bo‘yicha choralar ko‘riladi», — dedi qo‘mita vakili.

Poytaxtda 4 oy ichida 7777 ta jinoyat fosh etildi
17 may 2022, 13:54

Poytaxtda 4 oy ichida 7777 ta jinoyat fosh etildi

Toshkent shahrida yil boshidan beri 7777 ta jinoyat fosh etilib, 537 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. Poytaxt IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 2435 ta jinoyat ichki ishlar xodimlari tashabbusi bilan aniqlangan, shundan 769 tasi narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq. Buning natijasida 217,3 kg giyohvandlik va 24,3 kg psixotrop vositalar aylanmasining oldi olingan.

Prezident Vladimir Jonibekovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
17 may 2022, 13:19 1

Prezident Vladimir Jonibekovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Sovet ittifoqining ikki karra qahramoni, uchuvchi-kosmonavt Vladimir Jonibekovning 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti uni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.

«O‘zbekkosmos» Buyuk Britaniyaning OneWeb kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi
17 may 2022, 13:06

«O‘zbekkosmos» Buyuk Britaniyaning OneWeb kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

«O‘zbekkosmos» agentligi Buyuk Britaniyaning sun’iy yo‘ldoshli aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi OneWeb kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Tomonlar chekka hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash ustida ish olib borish niyatida.

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi
17 may 2022, 12:54

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 18−23 may kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi. Aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.

58 yoshli erkak sirpanib, metro poyezdi ostiga tushib ketdi
17 may 2022, 12:33

58 yoshli erkak sirpanib, metro poyezdi ostiga tushib ketdi

Toshkent metrosida eshiklari yopilayotgan vagon tomon yugurib ketayotgan fuqaro sirpanib, poyezd tagiga tushib ketdi. Unga metropoliten xodimlari va yo‘lovchilar darhol yordam berishdi, u jarohat olmadi.

Ekspertlar Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining tadbiq etilishini baholaydi
17 may 2022, 12:27

Ekspertlar Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining tadbiq etilishini baholaydi

Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining ijrosi yuzasidan tashqi baholashni boshladi. Baholash natijalariga asoslangan tavsiyalar mamlakatning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Orol fojiasi Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishini 2 barobarga tezlashtirdi — O‘zgidromet
17 may 2022, 12:14

Orol fojiasi Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishini 2 barobarga tezlashtirdi — O‘zgidromet

O‘zgidromet rahbari Sherzod Xabibullayev Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechayotganini ta’kidladi. Bu muzliklar erishi, chang bo‘ronlari davriyligi va ularning ortib borishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, suv resurslarining taqchilligi kabi salbiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.

Elizabet Born Fransiya bosh vaziri bo‘ldi
17 may 2022, 11:42

Elizabet Born Fransiya bosh vaziri bo‘ldi

Fransiyaning yangi bosh vaziri lavozimiga Elizabet Born tayinlandi. U Fransiya hukumatiga rahbarlik qilgan ikkinchi ayol sifatida tarixga kirdi.

O‘zbekistonda Qrim-Kongo isitmasidan tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi
17 may 2022, 11:13

O‘zbekistonda Qrim-Kongo isitmasidan tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonning 7 ta hududida Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning qon plazmasi banki tashkil etiladi. Qrim-Kongo gemorragik isitmasi — transmissiv va gemokontakt orqali yuquvchi o‘ta xavfli kasallik hisoblanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting