Samarqand viloyatining Nurobod tumanida yashovchi T.X. mart oyida Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani «Jonbuz» qishlog‘i hududida vaqtincha yashash uyi tomorqasida taqiqlangan ekinlarni ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Holat 12 may kuni Qamashi tumani IIB hamda tuman DXX xodimlari tomonidan «Qoradori-2022» tezkor profilaktik tadbiri davomida aniqlangan.


Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Ma’lum bo‘lishicha, hujjatlashtirilib olingan yashil rangli o‘simlik tarkibida kannabinol, kannabidiol moddasi bor va uzunligi 28 sm. dan 55 sm. gacha bo‘lgan taqiqlangan kannabis o‘simligi ekanligi aniqlangan. Olingan 50 tup kannabis o‘simligining nam holatdagi jami sof og‘irligi 165 grammni tashkil etgan.


Mazkur holat yuzasidan T.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (ekish taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.