Qozog‘iston TIV Samarqandda turistlar bilan sodir bo‘lgan holatga munosabat bildirdi
24 may 2022, 16:13

Qozog‘iston TIV Samarqandda turistlar bilan sodir bo‘lgan holatga munosabat bildirdi

Qozog‘iston TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarov Samarqandda ichki ishlar xodimlari turistlarga nisbatan elektroshoker qo‘llagan holat yuzasidan munosabat bildirdi. «O‘zbekistonda jamiyatning o‘zi huquq-tartibot idoralari xodimlarining harakatlarini qoralamoqda… Biz bunga aralashmaslikka harakat qilayapmiz va faqat fuqarolarimiz himoyasiga tegishli qismini kuzatib borayapmiz», — dedi u.

Namanganda 7-sinf o‘quvchisi avtomobilda tengdoshini bosib ketdi
24 may 2022, 16:12

Namanganda 7-sinf o‘quvchisi avtomobilda tengdoshini bosib ketdi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 7-sinf o‘quvchisi «Vaz-2106» rusumli avtomobilni noqonuniy boshqarayotib, yo‘l chetida ketayotgan 14 yoshli piyodani bosib ketdi. Bu oxirgi uch sutka ichida O‘zbekiston yo‘llarida YTH oqibatida sodir bo‘lgan sakkizinchi o‘lim holatidir.

O‘zbekistonda ikkinchi eng yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
24 may 2022, 15:47

O‘zbekistonda ikkinchi eng yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida mamlakatdagi ikkinchi eng yirik (100 MVt) quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi va yagona tarmoqqa quvvat uzatishni boshladi. Bu bilan yiliga 78 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi (mamlakat aholi xonadonlarining 10 kunlik iste’moli) va 80 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

«Narxlarning ko‘tarilishi yetarli emas». Sherzod Xodjayev — energetika sohasini isloh qilish to‘g‘risida
24 may 2022, 15:41

«Narxlarning ko‘tarilishi yetarli emas». Sherzod Xodjayev — energetika sohasini isloh qilish to‘g‘risida

«Bugungi narxlar bilan biz faoliyat samaradorligini oshirish orqali sanoatning ayrim muammolarini hal qilishimiz mumkin. Ammo 25 yildan beri meros bo‘lib qolgan muammolarni hal qila olmaymiz, — deya ta’kidladi energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev. Uning qo‘shimcha qilishicha, shunchaki narxlarni oshirishning o‘zi yetarli emas. Ishlaydigan bozor qoidalari kerak. Shu bilan birga, davlat aholi uchun tarif siyosatini saqlab turishi kerak.

Voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgan erkakka 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi
24 may 2022, 15:28

Voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgan erkakka 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi

Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanidagi uy oldida 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak qo‘lga olingani haqida xabar berdi. U mayda bezorilikda ayblanib, 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olinib, jarimaga tortildi. Jabrlanuvchi ichki ishlar bo‘limi uning arizasini birinchi murojaatda qabul qilmaganidan shikoyat qildi.

Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi
24 may 2022, 15:07

Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev endi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga ham rahbarlik qiladi. Unga qadar mazkur lavozimda Aziz Abduhakimov faoliyat yurtigan.

2020 yildan hozirgi kungacha is gazidan zaharlanish oqibatida 366 kishi vafot etdi
24 may 2022, 15:07

2020 yildan hozirgi kungacha is gazidan zaharlanish oqibatida 366 kishi vafot etdi

2020 yildan boshlab 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 428 ta holat sodir bo‘lgan. Natijada 366 nafar fuqaro vafot etgan va 307 kishi turli darajada jarohat olgan. Senatorlar o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar yetarli darajada o‘z samarasini bermayotganini tanqid qildi.

«Hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi» — Akmal Saidov
24 may 2022, 14:05

«Hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi» — Akmal Saidov

Seshanba kuni Konstitutsiyaviy komissiya rahbari Akmal Saidov Asosiy qonun islohoti zaruratini Karl Marks va Fridrix Engelsning «Kommunistik partiya manifesti»ga tayanib asoslantirishga harakat qildi. «Hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi», — dedi u.

UzAuto Motors 5 mingdan ortiq mashinani o‘z vaqtida yetkazib bermagani uchun penya to‘laydi
24 may 2022, 13:26

UzAuto Motors 5 mingdan ortiq mashinani o‘z vaqtida yetkazib bermagani uchun penya to‘laydi

UzAuto Motors kompaniyasi 2021 yilda tuzilgan shartnomalarga muvofiq, 68 ta dilerlik tashkilotlari orqali 5 mingdan ortiq holatda xaridorlarga mashinalarni o‘z vaqtida yetkazib bermagani aniqlandi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi kechiktirilgan har bir kun uchun iste’molchilarga penya to‘latish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

2022 yilning eng nufuzli insonlari ro‘yxati — Time
24 may 2022, 12:33

2022 yilning eng nufuzli insonlari ro‘yxati — Time

Time jurnali 2022 yilning eng nufuzli insonlari ro‘xatini e’lon qildi. Ro‘yxatdan Vladimir Putin, Vladimir Zelenskiy, Jo Bayden, Tim Kuk, Opra Uinfri, Rafael Nadal kabi insonlar joy olgan. Putin haqidagi matnni Aleksey Navalniy, Zelenskiy haqida esa Jo Bayden yozgan.

Yanvardagi “blekaut” sababli iste’molchilarga 5,7 mlrd so‘m qaytarildi
24 may 2022, 12:27

Yanvardagi “blekaut” sababli iste’molchilarga 5,7 mlrd so‘m qaytarildi

25−27 yanvar kunlari butun O‘zbekistonda kuzatilgan energotizimdagi uzilishlar oqibatida “Toshissiqquvvati” korxonasi aholiga belgilangan normada issiqlik energiyasi yetkazib bermaganligi aniqlandi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Toshkent bo‘yicha 4,5 mlrd so‘m, 9 ta hudud bo‘yicha esa 1,222 mlrd so‘m mablag‘ni iste’molchilarga qaytarishga erishdi.

Rossiyaliklar O‘zbekistonga bir tomonlama aviachiptalarni ko‘proq xarid qilmoqda
24 may 2022, 12:04

Rossiyaliklar O‘zbekistonga bir tomonlama aviachiptalarni ko‘proq xarid qilmoqda

Rossiya-Ukraina mojarosi fonida rossiyaliklar O‘zbekiston yo‘nalishida bir tomonlama aviachiptalarni ko‘proq xarid qilmoqda. Tahlilchilarning ma’lumotiga ko‘ra, mart-aprel oylarida konsalting, moliya va IT-kompaniyalar vakillari ortga qaytish chiptalarini nisbatan kamroq sotib olgan.

Qirg‘iziston bilan O‘zbekistonni bog‘lovchi yerosti tunneli topildi
24 may 2022, 11:53

Qirg‘iziston bilan O‘zbekistonni bog‘lovchi yerosti tunneli topildi

Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari tomonidan O‘zbekiston bilan chegarada 270 metrlik tunnel aniqlandi. Uning yordamida ikki mamlakatga bemalol o‘tish mumkinligi, tunnelni qaziganlikda gumon qilinayotgan shaxs esa ruhiy kasalliklar shifoxonasida ekanligi aytilmoqda.

Chirchiqda maktab o‘quvchilari keksa erkakni kaltaklashdi
24 may 2022, 10:42

Chirchiqda maktab o‘quvchilari keksa erkakni kaltaklashdi

Chirchiqda ikki nafar maktab o‘quvchisi 58 yoshli erkakni sababsiz kaltakladi. Tergov harakatlari boshlangan. IIB vakillari ushbu o‘quvchilar istiqomat qiladigan mahallada bo‘lib, ota-onalar va aholi bilan suhbatlashdi.

Abdulaziz Kamilov Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi
24 may 2022, 10:19

Abdulaziz Kamilov Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi

Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Feysal bin Farxan bin Abdulla bilan muloqot qildi. Saudiya tomoni Kamilovni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili deb qayd etgan va suhbat chog‘ida so‘nggi mintaqaviy hamda xalqaro o‘zgarishlar muhokama qilingan.

Sirdaryodagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi
24 may 2022, 09:33

Sirdaryodagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi

Xovos tumanida Lacetti va Nexia avtomobillarining to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi, jumladan, kichik yoshdagi bolalar halok bo‘ldi. Bir kishi jarohatlandi.

Samarqandda 713 tup giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgan shaxslar ushlandi
24 may 2022, 09:21

Samarqandda 713 tup giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgan shaxslar ushlandi

Pastdarg‘om tumanida 3 nafar shaxs 4 sotix yer maydonida 610 tup marixuanani, Payariq tumanida esa fuqaro o‘z uyida 103 tup ko‘knori giyohvand o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

23 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 may 2022, 22:00

23 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda maymun chechagi qayd etilmaganini aytgan Nurmat Otabekov, respublikada joriy qilinadigan sportchilarni tayyorlashning yangi tizimi, qornida salfetka qolib ketgan 26 yoshli andijonlik ayol, Oltinko‘l tumaniga hokim bo‘lgan hokim yordamchisi, rekonstruksiya qilinadigan Qarshi aeroporti va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 23 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Bekoboddagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi
23 may 2022, 19:03

Bekoboddagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi

Bekobodda «VAZ-2104» va «Cobalt» avtomashinalari to‘qnashib, ikki kishi (ulardan biri 2022 yilda tug‘ilgan) vafot etdi, uchtasi kasalxonaga yotqizildi.

«Sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda» — prezident
23 may 2022, 18:20

«Sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda» — prezident

O‘zbekistonda biror sport turi bo‘yicha mahalliy olimlar tomonidan na metodika, na dastur ishlab chiqilgan. Sport diyetologiyasi, farmakologiyasi, psixologiyasi, kardiomashg‘ulotlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmaydi, deya tanqid qildi Shavkat Mirziyoyev sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda. «Bugungi kunda sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting