Samarqandda 19 kishi to‘yda ovqatdan zaharlandi
1 iyun 2022, 10:32

Samarqandda 19 kishi to‘yda ovqatdan zaharlandi

Jomboy tumanida 19 nafar fuqaro to‘yda ovqatdan zaharlanib, tibbiyot birlashmalariga murojaat qilgan. Ulardan 14 nafarining sog‘ligi qoniqarli, 5 nafari tibbiyot birlashmasida davolanmoqda. Samarqand viloyat IIB ijtimoiy tarmoqlarda to‘yda 200 kishi zaharlangani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Toshkentda «buxanka» narxi 2800 so‘mga ko‘tarildi
1 iyun 2022, 10:26

Toshkentda «buxanka» narxi 2800 so‘mga ko‘tarildi

O‘zbekistonda 1 iyundan boshlab qolipli non («buxanka») narxi oshib, 2800 so‘mga sotilmoqda.

May oyida yillik inflyatsiya 11%ga yetdi
1 iyun 2022, 10:22

May oyida yillik inflyatsiya 11%ga yetdi

May oyida yillik inflyatsiya 2021 yil avgustidan beri birinchi marta 11%lik ko‘rsatkichga qaytdi. O‘tgan oyda inflyatsiya nooziq-ovqatlar sohasida eng kuchli bo‘lgan — 1,3%. Oziq-ovqatlar 1,2%ga, xizmatlar esa 0,4%ga qimmatlagan.

Qashqadaryoda 27 yoshli fuqaro o‘z uyida o‘ldirib ketildi
1 iyun 2022, 10:20

Qashqadaryoda 27 yoshli fuqaro o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Qarshida 27 yoshli fuqaroning jasadi uyidan qotillik alomatlari bilan topildi. Qashqadaryo viloyat prokuraturasi uni 18 yoshli fuqaro o‘ldirganlikda ayblanayotganini ma’lum qildi, gumonlanuvchi hibsga olindi.

Yil boshidan beri chaqaloqlarga qo‘yilgan eng mashhur ismlar e’lon qilindi
1 iyun 2022, 09:44

Yil boshidan beri chaqaloqlarga qo‘yilgan eng mashhur ismlar e’lon qilindi

Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda chaqaloqlarga qo‘yilgan eng mashhur ismlar Soliha va Muhammadali bo‘ldi. Ular 2021 yilning I choragi va 2020 yilda ham eng ko‘p qo‘yilgan ismlar qatoridan joy olgandi.

Jizzaxda fuqaroning yonidan 1 kiloga yaqin opiy moddasi topildi
31 may 2022, 23:48

Jizzaxda fuqaroning yonidan 1 kiloga yaqin opiy moddasi topildi

Jizzax viloyatining to‘rtta hududida giyohvandlik moddalarini yetishtirish va sotishga urinish holatlari fosh etildi. Jumladan, urgutlik shaxs Baxmal tumanida to‘xtatib, tekshirilganida, uning yonidan 968,79 gramm opiy borligi aniqlangan.

YeXHT rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
31 may 2022, 23:43

YeXHT rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

YeXHTning amaldagi raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U prezident, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va parlament palatalari rahbarlari bilan uchrashadi.

Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etiladi
31 may 2022, 23:35

Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etiladi

Andijonda Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etilmoqda. OTM birinchi talabalarni joriy yilda qabul qiladi. Talabalar ikkita chet tili bo‘yicha malakaga ega bo‘lishadi.

«Narxlarni sun’iy ushlab turib, ko‘zbo‘yamachilik yoki ura-urachilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi» — prezident
31 may 2022, 23:14

«Narxlarni sun’iy ushlab turib, ko‘zbo‘yamachilik yoki ura-urachilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi» — prezident

May oyida inflyatsiya 1 foizgacha tezlashdi, o‘tgan yilning may oyida esa bu ko‘rsatkich 0,5 foizni tashkil etgan edi. Prezident barcha mahalla va qishloqlarning asosiy mahsulotlar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish, zarur hollarda boshqa hududlardan yetkazib berishni tezlashtirish bo‘yicha hokimlarga topshiriq berdi. Parrandachilik korxonalariga tuxum narxini oshirmagani uchun minnatdorchilik bildirib, ularni qo‘llab-quvvatlash choralarini ma’lum qildi.

Sobiq hukumat mehmonxonasini Alisher Usmonovga aloqador kompaniya sotib oldi
31 may 2022, 22:49

Sobiq hukumat mehmonxonasini Alisher Usmonovga aloqador kompaniya sotib oldi

Ta’sischilari orasida Alisher Usmonovning USM xoldingiga qarashli «Metalloinvest» sho‘ba korxonasi ham bo‘lgan Torgoviy Dom Metalloinvest Vostok kompaniyasi Toshkentdagi sobiq davlat mehmonxonasini xususiylashtirish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. Kompaniya obyekt uchun 78,7 mlrd so‘m taklif qildi.

Metrodagi ikkinchi vestibyullar yarim tungacha ishlay boshlaydi
31 may 2022, 22:25

Metrodagi ikkinchi vestibyullar yarim tungacha ishlay boshlaydi

Chorshanbadan Toshkent metropolitenining 15 ta stansiyasida avval soat 7:00 dan 19:00 gacha ishlagan ikkinchi vestibyullar endi soat 5:00 dan yarim tungacha ochiq bo‘ladi.

31 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
31 may 2022, 22:00

31 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

1 iyuldan energiya va gaz narxini oshirish taklif etilgani, muhokamaga qo‘yilgan tadbirkorlik kodeksi loyihasi, O‘zbekistonga kelishi kutilayotgan Tojikiston prezidenti, tunda ishlashiga ruhsat berilgan muzeylar, aholidan tasviriy va amaliy san’at asarlarini sotib oladigan davlat, 2023 yilgacha bojxona bojlaridan ozod etiladigan 22 xil oziq-ovqat va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 31 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Qonun loyihasi birinchi o‘qishga kiradi». Nurdinjon Ismoilov ichki ishlar xodimlarini suratga olishni taqiqlovchi hujjat haqida
31 may 2022, 20:43

«Qonun loyihasi birinchi o‘qishga kiradi». Nurdinjon Ismoilov ichki ishlar xodimlarini suratga olishni taqiqlovchi hujjat haqida

Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov ichki ishlar xodimlarini suratga olishni taqiqlovchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbuskorlardan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘ralgan, shunga ko‘ra hujjatga o‘zgarishlar kiritiladi. «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunchiligimizda juda ko‘p bo‘shliqlar bor. Kerak bo‘lsa ziddiyatlar ham bor, uni ham tan olishimiz kerak», — dedi u.

Andijonda hokim noqonuniy tarzda deputat daxlsizligi huquqidan mahrum etildi
31 may 2022, 18:55

Andijonda hokim noqonuniy tarzda deputat daxlsizligi huquqidan mahrum etildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan kiritilgan taqdimnoma bilan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi sessiyasida ikki nafar deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi qonun va prezident farmoniga zid tarzda ko‘rib chiqilgani aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, deputatlardan biri — Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarovdir. U 2017 yildan 2019 yil oktabr oyiga qadar Andijon viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan davrida moliyaviy jinoyatlar sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Toshkentda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga mo‘ljallangan taksi xizmati ish boshladi
31 may 2022, 18:35

Toshkentda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga mo‘ljallangan taksi xizmati ish boshladi

3 iyundan boshlab Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga mo‘ljallangan «Mehribon taksi» xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Mashinalar ko‘chma pandus bilan jihozlangan. Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, xizmatdan tushgan mablag‘ning bir qismi hayriyaga yo‘naltiriladi, nogironligi bor shaxslar ham ishga jalb qilinadi.

Yangi tariflar bo‘yicha elektr energiya va gaz xarajatlari qanday o‘zgaradi?
31 may 2022, 17:53

Yangi tariflar bo‘yicha elektr energiya va gaz xarajatlari qanday o‘zgaradi?

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi gaz va elektr energiyasining yangi tariflari bo‘yicha aholining xarajatlari qanchaga oshishini hisoblab chiqdi. Agar energoresurslar iste’moli tabaqalashtirilgan tariflar doirasida qolsa, xarajatlar 8−10 foizga oshadi, deb ma’lum qildi vazirlik.

«Hududgaztaminot» ko‘p oilali xonadonlarga ikki marta suyurtirilgan gaz yetkazib beradi
31 may 2022, 16:49

«Hududgaztaminot» ko‘p oilali xonadonlarga ikki marta suyurtirilgan gaz yetkazib beradi

«Hududgaztaminot» iste’molchilar murojaatiga ko‘ra, suyultirilgan gaz yetkazib berish tartibini yangiladi. Bundan buyon kompaniya gaz ballonini olish bo‘yicha har bir murojaatni joyiga chiqib o‘rganadi. Oila a’zolari ko‘p xonadonlar ID-karta orqali ikki marotaba gaz olishlari mumkin bo‘ladi. Kompaniya shu yo‘l orqali olib sotarlarga qarshi kurashishni maqsad qilgan.

Dollarning rasmiy kursi 11 ming so‘mdan arzonladi
31 may 2022, 16:38

Dollarning rasmiy kursi 11 ming so‘mdan arzonladi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi mart oyidan beri birinchi marotaba 11 ming so‘mdan arzonroqqa tushdi. Yevro arzonladi, rubl 4,17 so‘mga ko‘tarildi.

O‘zgidromet to‘qqizta viloyatda sel kelish xavfini e’lon qildi
31 may 2022, 16:30

O‘zgidromet to‘qqizta viloyatda sel kelish xavfini e’lon qildi

2−4 iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta viloyatining tog‘li hududlarida yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida sel-suv toshqinlari yuz berishi xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda. Qolaversa, haftaning ikkinchi yarmida ayrim hududlarda shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda esa chang to‘zoni kuzatilishi mumkin.

2023-yilgacha 22 ta turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojlaridan ozod etiladi
31 may 2022, 16:23

2023-yilgacha 22 ta turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojlaridan ozod etiladi

2023-yilga qadar go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o‘simlik yog‘i kabi jami 22 ta turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojlaridan ozod etiladi. Qolaversa, oziq-ovqatni import qilishda bojlarni oshirilgan stavkada qo‘llash amaliyoti to‘xtatib turiladi. Antimonopoliya qo‘mitasining narx-navoning asossiz oshirish, raqobatni buzish bo‘yicha vakolatlari kuchaytiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting