O‘zbekistonda shakar tanqisligi mavjud emas — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
2 iyun 2022, 10:48

O‘zbekistonda shakar tanqisligi mavjud emas — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi shakar narxi o‘sishiga munosabat bildirib, bunga asosan logistikadagi muammolar va yoqilg‘i narxlarining o‘sishi ta’sir qilayotganini qayd etdi. Shunga qaramasdan, respublikada shakar tanqisligi mavjud emasligi, yil yakunigacha yetarli darajada zaxiralar yaratilgani ta’kidlanmoqda.

O‘zbekiston yozda Rog‘un GESdan energiya sotib olishni rejalashtirmoqda
2 iyun 2022, 10:23

O‘zbekiston yozda Rog‘un GESdan energiya sotib olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari yozda Rog‘un GESdan elektr energiya eksport qilish bo‘yicha memorandum imzoladi. Yil oxirigacha energiya sotib olish hajmi va tariflari bo‘yicha shartnoma tuzish rejalashtirilgan.

Senat bolalar uchun o‘z eshiklarini ochdi
2 iyun 2022, 09:56

Senat bolalar uchun o‘z eshiklarini ochdi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Senat bolalar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, iqtidorli bolalar qonunlar qabul qilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston U23 olimpiya jamoasi Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi
2 iyun 2022, 09:18

O‘zbekiston U23 olimpiya jamoasi Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan U23 Osiyo kubogining ochilish o‘yinida Turkmanistonni 1:0 hisobi bilan mag‘lub etdi.

O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasida avtotashuvchilar uchun o‘rnatilgan qator cheklovlar bekor qilindi
1 iyun 2022, 23:52

O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasida avtotashuvchilar uchun o‘rnatilgan qator cheklovlar bekor qilindi

O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasidagi «Olot» va «Farap» o‘tkazish punktlari odatiy rejimga qaytib, Turkmaniston hududiga xorijiy avtotashuvchilarning kirishi bilan bog‘liq bir qator cheklovlar bekor qilindi.

Yog‘ va go‘sht importi bo‘yicha soliq imtiyozlari hisobiga budjetga 1,4 trln so‘m tushmaydi
1 iyun 2022, 23:12

Yog‘ va go‘sht importi bo‘yicha soliq imtiyozlari hisobiga budjetga 1,4 trln so‘m tushmaydi

Go‘sht, o‘simlik yog‘i va kartoshka importi uchun soliq imtiyozlari tufayli budjet yo‘qotishi 1,4 trln so‘mga yaqinroqni tashkil etadi. Bu yo‘qotishlarni xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobidan tovarlar olib kirishda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini bekor qilish, soliqlar yig‘imlarini ko‘paytirish hisobiga qoplash rejalashtirilmoqda.

1 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 iyun 2022, 23:00

1 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Narxi oshgan «buxanka», o‘simlik yog‘i mahsulotlarini eksport qilishni taqiqlagan O‘zbekiston, Samarqandda to‘y vaqtida ovqatdan zaharlangan 19 kishi, qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $2,4 mln ajratadigan USAID, kamarga yozilgan shtraf uchun janjal ko‘tarib, qamalgan 3 nafar qashqadaryolik va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 1 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Narxlar keskin tebrangan davrda Antimonopoliya qo‘mitasi vakolatlari kengayadi
1 iyun 2022, 22:35

Narxlar keskin tebrangan davrda Antimonopoliya qo‘mitasi vakolatlari kengayadi

Prezident Antimonopoliya qo‘mitasi va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga qo‘shimcha vakolatlar yukladi. Ular narxlar keskin tebranadigan davrlarda korxonalar hududiga bevosita kirib, omborlaridagi mavjud zaxiralarni xatlovdan o‘tkazish hamda asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish, ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va boshqalar bo‘yicha majburiy taqdimnomalar kiritish huquqiga ega bo‘ldi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev ta’sischisi bo‘lgan kompaniya «O‘zgazloyiha»dagi davlat ulushini sotib oldi
1 iyun 2022, 18:58

Jahongir Ortiqxo‘jayev ta’sischisi bo‘lgan kompaniya «O‘zgazloyiha»dagi davlat ulushini sotib oldi

Ta’sischisi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bo‘lgan Prime Tower Group kompaniyasi «O‘zgazloyiha» loyiha institutining davlat ulushini 21,5 mlrd so‘mga (1,95 mln dollar) sotib oldi. Tenderga xalqaro kompaniyalardan Grant Thornton xususiylashtirish, Dentons esa huquqiy masalalar bo‘yicha konsultant sifatida jalb qilindi.

Muzeylardagi madaniy boyliklarni muhofaza qilish kuchaytiriladi
1 iyun 2022, 18:54

Muzeylardagi madaniy boyliklarni muhofaza qilish kuchaytiriladi

O‘zbekiston muzeylarida eksponatlarning ommaviy o‘g‘rilanishi va qalbakilashtirilishi haqidagi xabarlardan so‘ng, prezident muzey ashyolari va kolleksiyalarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish, ularni muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Toshkentdagi uchta muzeyni xorijiy muzeylar tajribasi asosida rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiyalar yaratish ishlari olib borilmoqda. Qolaversa, Madaniy meros kodeksi ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi aholi va fermerlarni somon poyalarini yoqmaslikka chaqirdi
1 iyun 2022, 18:09

Davlat ekologiya qo‘mitasi aholi va fermerlarni somon poyalarini yoqmaslikka chaqirdi

G‘alla o‘rim yig‘imi mavsumi boshlanishi munosabati bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi aholi va fermerlarni dalalarda qolgan somon poya qoldiqlarini yoqmaslikka chaqirdi. Somon poya qoldiqlarini yoqish iqtisodiyot va atrof-muhitga ko‘plab zarar etkazadi. Bu tuproq unumdorligining keskin pasayishiga, havoning ifloslanishiga va boshqa zararlarga olib keladi.

Fuqaroviy qurol va o‘q-dorilarni hadya etish taqiqlandi
1 iyun 2022, 17:56

Fuqaroviy qurol va o‘q-dorilarni hadya etish taqiqlandi

«Qurol to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini hadya etish taqiqlanmoqda. Shuningdek, ov quroli va o‘q-dorilarini olish huquqiga ega bo‘lish uchun yosh chegarasi 25 yosh etib belgilandi. Qolaversa, qurol egalari davriy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib turiladi.

Qarshida xavfsizlik kamariga yozilgan jarima sabab yo‘lni to‘sib qo‘yganlarning 3 nafari 10 sutkaga qamaldi
1 iyun 2022, 17:45

Qarshida xavfsizlik kamariga yozilgan jarima sabab yo‘lni to‘sib qo‘yganlarning 3 nafari 10 sutkaga qamaldi

Qarshida xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun belgilangan jarimadan norozi bo‘lib yo‘lni to‘sgan taksi haydovchilarning 3 nafari 10 sutkaga qamaldi, yana 12 nafari ogohlantirildi.

O‘zbekistonda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi haqida nimalar ma’lum?
1 iyun 2022, 17:37

O‘zbekistonda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi haqida nimalar ma’lum?

1 iyundan 19 iyungacha Toshkent va Qarshi shaharlaridagi to‘rtta stadion futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Ilk bellashuvda Avstraliya U23 − Quvayt U23 olimpiya jamoalari maydonga chiqsa, musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 1 iyun kuni «Paxtakor» stadionida boshlanib, O‘zbekiston U23 va Turkmaniston U23 jamoalari o‘rtasidagi bahs bilan davom etadi. Barcha jamoalar va turnir o‘tkazilishiga mas’ul shaxslar O‘zbekistonga yetib kelgan. Musobaqa jadvali, stadionlar va boshqa tafsilotlar.

Ko‘p qavatli uylar konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
1 iyun 2022, 16:45

Ko‘p qavatli uylar konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Prezident imzolagan qonunga muvofiq, ko‘p kvartirali uylar konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirganlik va ularga tutash yerda qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Huquqbuzar jismoniy shaxslar 9 mln so‘mgacha, mansabdorlar esa 15 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi. Qoidabuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs ixtiyoriy ravishda muammoni bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Antimonopoliya qo‘mitasi «buxanka» narxi keskin oshganiga munosabat bildirdi
1 iyun 2022, 15:08

Antimonopoliya qo‘mitasi «buxanka» narxi keskin oshganiga munosabat bildirdi

Antimonopoliya qo‘mitasi poytaxtda qolipli non («buxanka») narxining keskin ko‘tarilganiga munosabat bildirdi. «Un mahsuloti zahirasi shakllantirilgan bo‘lib, narx navolarning keskin oshib ketmasligi uchun zarur miqdorda savdolarga qo‘yib boriladi», — deyiladi xabarda. Qo‘mita fuqarolardan sun’iy «ajiotaj» vujudga keltirmaslikni so‘ramoqda.

«Ozodlik Radiosi» O‘zbekistonda jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazishni muhokama qilmoqda
1 iyun 2022, 14:04

«Ozodlik Radiosi» O‘zbekistonda jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazishni muhokama qilmoqda

«Ozod Yevropa Radiosi / Ozodlik Radiosi» media korporatsiyasi prezidenti Jeymi Flay Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda «Ozodlik» materiallari O‘zbekiston qonunchiligi va «jurnalist etikasiga» mos kelishi, qolaversa, jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

USAID O‘zbekiston qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $2,4 mln ajratadi
1 iyun 2022, 13:18

USAID O‘zbekiston qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $2,4 mln ajratadi

AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistondagi, ayniqsa, Orolbo‘yi hududidagi qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2,4 mln dollar ajratadi. Mablag‘lar ayollarni tadbirkorlik ko‘nikmalari va kasb-hunarga o‘rgatish, ularning faoliyatini mikromoliyalashtirish, qolaversa, murabbiylik va bandlik dasturlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Samarqandda 70 sotix yerni $65 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
1 iyun 2022, 11:55

Samarqandda 70 sotix yerni $65 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Pastdarg‘om tumanida ikki nafar shaxs hokimlik zaxirasidagi 70 sotix yer maydonini noqonuniy ravishda 65 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari gumondorlarni kelishilgan mablag‘dan 32 ming dollarini olgan vaqtida ushladi.

O‘zbekiston o‘simlik yog‘i mahsulotlarini eksport qilishni taqiqladi
1 iyun 2022, 10:50

O‘zbekiston o‘simlik yog‘i mahsulotlarini eksport qilishni taqiqladi

1 iyundan boshlab paxta, kungaboqar yog‘i va urug‘i hamda boshqa yog‘ o‘simliklarining urug‘lari va mevalarini eksport qilish vaqtincha taqiqlandi. Ushbu mahsulotlar ichki bozorda yetarli bo‘lgan taqdirda Vazirlar Mahkamasi eksportni qayta tiklashi mumkin. Qolaversa, oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi ham vaqtincha to‘xtatildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting