USAID Jizzax viloyatiga tuberkulyoz bilan kurashish uskunalarini topshirdi
3 iyun 2022, 10:01

USAID Jizzax viloyatiga tuberkulyoz bilan kurashish uskunalarini topshirdi

USAID tuberkulyozga qarshi kurashda yordam berish uchun Jizzax viloyatidagi tibbiyot muassasalariga qariyb $75 minglik asbob-uskunalar topshirdi. Ilgari boshqa viloyatlarga ham xuddi shunday jihozlar berilgandi.

Kassir xaridorlar chekidan 16,5 mln so‘m keshbek yig‘di
3 iyun 2022, 09:22

Kassir xaridorlar chekidan 16,5 mln so‘m keshbek yig‘di

O‘zbekistonda kompaniyalardan birining kassiri bir oy davomida xaridorlarning 1,6 mlrd so‘mlik 152 dona kassa cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazib, salkam 16,5 mln so‘m miqdorida keshbek to‘plagani aniqlandi. Davlat soliq qo‘mitasi ushbu summani bekor qildi.

«Biz yechimlar yaratamiz»: Toshkentdagi Caterpillar texnikasini ishlab chiqarish zavodining ochilish marosimi qanday o‘tdi
3 iyun 2022, 09:00

«Biz yechimlar yaratamiz»: Toshkentdagi Caterpillar texnikasini ishlab chiqarish zavodining ochilish marosimi qanday o‘tdi

Bektemir tumanida RWS Optimum sanoat klasteri bazasida Caterpillar texnikasini ishlab chiqarish bo‘yicha zavodning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

AQShning Oklaxoma shtatida shifoxonada otishma sodir bo‘ldi, 5 kishi vafot etdi
2 iyun 2022, 23:57

AQShning Oklaxoma shtatida shifoxonada otishma sodir bo‘ldi, 5 kishi vafot etdi

AQShning Oklaxoma shtatida shifoxona hududida sodir etilgan otishma natijasida eng kamida besh kishi, jumladan hujum qilgan shaxs qurbon bo‘ldi. Shu bilan mamlakatda yil boshidan buyon 233- ommaviy otishma qayd etildi.

Prokuratura Qashqadaryoda askar yigitning o‘limi yuzasidan tergov harakatlarini boshladi
2 iyun 2022, 22:41

Prokuratura Qashqadaryoda askar yigitning o‘limi yuzasidan tergov harakatlarini boshladi

Qashqadaryoda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan 18 yoshli Ruslan Qidiraliyev vafot etdi. O‘limga «surunkali yurak ishemik kasalligi» sabab bo‘lgani aytilmoqda. Biroq yaqinlari bunga ishonayotgani yo‘q va uning kaltaklanganini da’vo qilishmoqda. Harbiy prokuratura tergovni boshladi.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Yavan GES qurilishiga start berdilar
2 iyun 2022, 21:14

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Yavan GES qurilishiga start berdilar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Emomali Rahmon Zarafshon daryosida Yavan 140 MVt quvvatli GES qurilishiga start berdilar.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi
2 iyun 2022, 19:09

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Tor doiradagi muzokaralarda O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish va sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, logistika va tranzit salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, suv-energetika loyihalarini amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Moskvadagi qurilishda ommaviy mushtlashgan o‘zbek va tojik migrantlari deportatsiya qilinadi
2 iyun 2022, 18:51

Moskvadagi qurilishda ommaviy mushtlashgan o‘zbek va tojik migrantlari deportatsiya qilinadi

Moskvadagi qurilish maydonida ommaviy mushtlashgan yuzdan ortiq O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari Rossiyadan deportatsiya qilinadi. Bu bo‘yicha sud qarori qabul qilindi.

Maktablarga 1-sinfga qabul qilish va ko‘chirib o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
2 iyun 2022, 18:36

Maktablarga 1-sinfga qabul qilish va ko‘chirib o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, bolalar 1-sinfga 7 yoshga to‘ladigan yilda, 20 iyundan 31 iyulgacha YAIDXP yoki XTVning elektron xizmatlar portali orqali yuborilgan ariza asosida qabul qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish tartibi ham belgilab berildi.

Iyun oyida O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar festivallari o‘tkaziladi
2 iyun 2022, 17:55

Iyun oyida O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar festivallari o‘tkaziladi

30 iyunga qadar Yoshlar oyligi munosabati bilan O‘zbekistonda «mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika» darajasida yoshlar festivallari va forum, tanlov va sport musobaqalari o‘tkaziladi. Ular qatoridan Buxoroda Turkiy davlatlar tashkiloti va Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar yoshlari uchun forumlar ham o‘rin olgan.

Bahodir Abdikarimov Madaniy meros agentligiga rahbar bo‘ldi
2 iyun 2022, 17:22

Bahodir Abdikarimov Madaniy meros agentligiga rahbar bo‘ldi

Bosh prokuratura mas’ul xodimi Bahodir Abdikarimov Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi. U mazkur lavozimda 5,5 oy ishlagan Shaxriyor Nurulloyevning o‘rnini egalladi.

O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumida 75 ta savdo-iqtisodiy hujjat imzolandi
2 iyun 2022, 16:27

O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumida 75 ta savdo-iqtisodiy hujjat imzolandi

Chorshanba kuni Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumida qiymati 1 mlrd 62,6 mln dollarlik 75 ta savdo-iqtisodiy hujjat imzolandi. Tomonlar tez fursatlarda «Oybek» va «Fotexobod» nazorat punktlari yonida «O‘zbekiston-Tojikiston» chegaraoldi savdo-sanoat zonasini tashkil etishga ham kelishib oldi.

Almazbek Atambayevga 2010 yilgi O‘sh voqealari bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
2 iyun 2022, 15:17

Almazbek Atambayevga 2010 yilgi O‘sh voqealari bo‘yicha ayblov e’lon qilindi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga 2010 yilda O‘shda yuz bergan iyun voqealariga doir jinoyat ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. O‘shanda mamlakat janubida qirg‘iz va o‘zbek etnik guruhlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro oqibatida 442 kishi halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Karachi porti orqali Hindistonga birinchi tranzit yukni jo‘natdi
2 iyun 2022, 14:02

O‘zbekiston Karachi porti orqali Hindistonga birinchi tranzit yukni jo‘natdi

O‘zbekiston ilk bor Pokistonning Karachi porti orqali Hindistonga tranzit yuk jo‘natdi. Pokiston 2021 yilning noyabridan boshlab O‘zbekistonga tranzit yuk tashuvi uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgandi.

50 tonnadan ortiq tuz sotuvdan olib tashlandi — SES
2 iyun 2022, 12:53

50 tonnadan ortiq tuz sotuvdan olib tashlandi — SES

May oyida 7 ta korxonada standartlarga javob bermaydigan 50 tonnadan ortiq yodlangan tuzning sotuvga chiqarilishi taqiqlandi. Hozirda respublikada jami 117 ta korxona tuz ishlab chiqaradi va qadoqlaydi. Farg‘ona vodiysida iste’mol qilinadigan tuzning 10−53 foizida yod miqdori past ekani ma’lum bo‘ldi.

Nizoli holatda YPX xodimini tasvirga olishni hech kim taqiqlamoqchi emas — Alisher Qodirov
2 iyun 2022, 12:53

Nizoli holatda YPX xodimini tasvirga olishni hech kim taqiqlamoqchi emas — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov fraksiya a’zolari YPX xodimini suratga olishni taqiqlovchi qonun loyihasini boshqa normalar borligi uchun ham qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, nizoli holatda YPX xodimini tasvirga olishni hech kim taqiqlamoqchi emas. Partiya deputatlari esa mazkur normani qonundan chiqarib yuborish kerakligini, ichki ishlar xodimlari qasddan fuqarolarni aybdor qilishga uringanida o‘zini himoya qilish uchun ham videoga olish zarurligini ta’kidlashdi.

Argentina Finalissima — 2022 g‘olibi bo‘ldi
2 iyun 2022, 12:46

Argentina Finalissima — 2022 g‘olibi bo‘ldi

«Uembli» stadionida Yevropa va Janubiy Amerika qit’asi chempionlari o‘rtasida Finalissima — 2022 o‘yini tashkil etildi. Unda futbol bo‘yicha Argentina va Italiya terma jamoalari bellashib, yakunda Lionel Messi boshchiligidagi Janubiy Amerika qit’asi vakillari g‘alaba qozonishdi.

Yer usti metrosi ostidagi yer maydonlari auksion orqali ijaraga beriladi
2 iyun 2022, 12:11

Yer usti metrosi ostidagi yer maydonlari auksion orqali ijaraga beriladi

Hukumat qarori bilan yer usti metro yo‘nalishlari ostida joylashgan yer uchastkalari Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga o‘tkaziladi. Yer maydonlari fudtrak hamda yengil turdagi qurilmalarni qurish va joylashtirish uchun auksion orqali 5 yilga ijaraga beriladi. Shuningdek, «Do‘stlik-Qo‘yliq» yer usti metro yo‘nalishi 1−5 bekatlari oralig‘ida sayilgohlar tashkil etiladi.

DXX Andijonda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi
2 iyun 2022, 11:58

DXX Andijonda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi

DXX Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Gumondorlar yonidan, ularga tegishli mashina va xonadonlardan jami 5,5 mingga yaqin «Tropikamid», «Zardeks», «Lirika», «Regapen» va «Siklodol» topildi. Qolaversa, garov sifatida qoldirilgan haydovchilik va nikoh guvohnomalari, diplom, pasportlar borligi aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jahon banki O‘zbekiston moliya sektorini isloh qilish uchun $15 mln ajratadi
2 iyun 2022, 11:12

Jahon banki O‘zbekiston moliya sektorini isloh qilish uchun $15 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekiston hukumatiga moliya sektorini isloh qilish maqsadlari uchun 15 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi. Loyihaga ko‘ra, bir qancha davlat banklari xususiylashtiriladi, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida — taraqqiyot banki tashkil etiladi, u eksport qiluvchilarni resurslar bilan ta’minlaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting