2 — 4 iyun kunlari Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YeXHT) amaldagi raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif doirasida Parlament, Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar, shuningdek, qator uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ular davomida O‘zbekistonning YeXHT bilan o‘zaro hamkorligi va ikki tomonlama O‘zbekiston-Polsha munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilinadi, deyiladi xabarda.

YeXHT matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Zbignev Rau prezident Shavkat Mirziyoyev, tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov, Senat va Qonunchilik palatasi rahbarlari Tanzila Narbayeva va Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashadi.

Shuningdek, Zbignev Rauning Samarqandga tashrifi ham ko‘zda tutilgan olgan.