2022 yilning o‘tgan besh oyi davomida O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar Soliha va Muhammadali bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning yanvar-may oylarida 9929 qizga Soliha va 9567 o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi berilgan.

Ushbu ismlar 2021 yilning I choragida ham chaqaloqlarga qo‘yilgan eng mashhur ismlar bo‘lgan (mos ravishda 5114 va 5236 chaqaloqlarga qo‘yilgan).

Shuningdek, 2020 yilda ham yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p Soliha (18616) va Muhammadali (19393) ismlari qo‘yilgan.

2018 yilda chaqaloqlarga berilgan eng mashhur ismlar Soliha va Mustafo, 2017 yilda esa Madina va Azizbek bo‘lgan edi.