1 iyundan Toshkent metropolitenining «Hamid Olimjon», «Pushkin», «Mirzo Ulug‘bek», «Oybek», «Beruniy», «Abdulla Qodiriy», «Novza», «Toshkent», «Kosmonavtlar», «Chorsu», «Tinchlik», «Turkiston», «Shahriston», «Bodomzor» va «Minor» stansiyalarida ikkinchi vestibyullar (kirish va chiqish yo‘llari) yo‘lovchilarga soat 5:00 dan 00:00 gacha xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan oldin, ikkinchi yo‘laklar 7:00dan 19:00gacha ishlardi, bu esa yo‘lovchilar uchun noqulaylik tug‘dirayotgandi.