Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi «Gazeta.uz» so‘roviga ko‘ra, gaz va elektr energiyasi uchun yangi e’lon qilingan tariflar bo‘yicha maishiy iste’molchilarning xarajatlari qanchaga oshishini hisoblab chiqdi.
Avvalroq, hukumat qarori loyihasi bilan energiya iste’moli uchun ijtimoiy norma hajmini belgilash taklif etilayotgani haqida yozgandik:
- elektr energiyasi — oyiga 250 kVt·soatgacha;
- gaz (apreldan sentabrga qadar) — 200 kub metrgacha;
- gaz (isitish mavsumi davomida oktabrdan martga qadar) — 700 kub metrgacha.
Bundan tashqari, energoresurslarning narxini oshirish ham taklif etilmoqda. Xususan, ijtimoiy norma doirasida 1 kVt elektr energiya uchun to‘lov 295 so‘mdan 325 so‘mgacha (+10,1%) oshirish, normadan (250 kVt soat) oshiqcha qismiga esa ikki baravar — 650 so‘mdan undirish ko‘zda tutilmoqda.
Bir metr kub tabiiy gaz narxi esa 380 so‘mdan 410 so‘mga (7,8%) qimmatlashi kutilmoqda. Ijtimoiy normadan ortiqcha qismi esa 1200 so‘mdan hisoblab, to‘lov undiriladi.
№ | Elektr energiya | ||||
Iste’mol | Amaldagi tarif bo‘yicha to‘lov | Taklif etilayotgan tarif bo‘yicha to‘lov | O‘rtadagi farq | ||
So‘mda | Foizda | ||||
1 | 50 kVt·s | 14 750 | 16 250 | 1 500 | 10% |
2 | 100 kVt·s | 29 500 | 32 500 | 3 000 | 10% |
3 | 150 kVt·s | 44 250 | 48 750 | 4 500 | 10% |
4 | 200 kVt·s | 59 000 | 65 000 | 6 000 | 10% |
5 | 250 kVt·s | 73 750 | 81 250 | 7 500 | 10% |
6 | 300 kVt·s | 88 500 | 113 750 | 25 250 | 29% |
7 | 350 kVt·s | 103 250 | 146 250 | 43 000 | 42% |
8 | 400 kVt·s | 118 000 | 178 750 | 60 750 | 51% |
«Gazeta.uz»ga Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi ma’lum qilishicha, taklif etilayotgan tabaqalashtirilgan tariflar bilan oyiga 250 kVt soatgacha elektr energiyasidan foydalanuvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajatlar taxminan 10% ga — oyiga 7500 so‘mgacha, 300 kVt soatgacha iste’mol qiladigan abonentlar uchun — 25 ming so‘mga, 400 kVt soatgacha bo‘lgan abonentlar uchun esa — 61 ming so‘mga oshadi.
№ | Gaz | ||||
Isitish mavsumidan tashqari vaqtda | |||||
Iste’mol | Amaldagi tarif bo‘yicha to‘lov | Taklif etilayotgan tarif bo‘yicha to‘lov | O‘rtadagi farq | ||
So‘mda | Foizda | ||||
1 | 100 kub. m | 38 000 | 41 000 | 3 000 | 8% |
2 | 150 kub. m | 57 000 | 61 500 | 4 500 | 8% |
3 | 200 kub. m | 76 000 | 82 000 | 6 000 | 8% |
4 | 250 kub. m | 95 000 | 142 000 | 47 000 | 49% |
5 | 300 kub. m | 114 000 | 202 000 | 88 000 | 77% |
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, isitish mavsumidan boshqa vaqtlarda 200 kub metr gaz iste’mol qiluvchi xonadon xarajatlari oyiga 6000 so‘mgacha oshadi, 300 kub metr gaz iste’molchilariniki esa — 88 ming so‘mgacha oshadi.
№ | Gaz | ||||
Isitish mavsumi davomida | |||||
Iste’mol | Amaldagi tarif bo‘yicha to‘lov | Taklif etilayotgan tarif bo‘yicha to‘lov | O‘rtadagi farq | ||
So‘mda | Foizda | ||||
1 | 100 kub m | 38 000 | 41 000 | 3 000 | 8% |
2 | 300 kub m | 114 000 | 123 000 | 9 000 | 8% |
3 | 500 kub m | 190 000 | 205 000 | 15 000 | 8% |
4 | 700 kub m | 266 000 | 287 000 | 21 000 | 8% |
5 | 800 kub m | 304 000 | 407 000 | 103 000 | 34% |
6 | 1000 kub m | 380 000 | 647 000 | 267 000 | 70% |
Isitish davrida 700 kub metrgacha tabiiy gaz iste’mol qiladigan abonentlar uchun o‘sishdan keyin qo‘shimcha xarajatlar oyiga 21 ming so‘mni, 1000 kub metrgacha iste’mol uchun esa — oyiga 267 ming so‘mni tashkil etadi.
Respublikada elektr energiyasi iste’mol qiluvchi jami 7,3 mln abonent mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi oyiga o‘rtacha 200 kVt soatgacha elektr energiyasini iste’mol qiladi. Lekin, mazkur xonadonlarning hissasiga aholi iste’mol qiladigan jami elektr energiyasining bor-yo‘g‘i 31 foizi (5,7 mlrd kVt s) to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, tabiiy gaz iste’mol qiluvchi jami 4 mln abonent mavjud. Ushbu xonadonlarning 85 foizi, ya’ni 3,4 mln ta abonent oyiga o‘rtacha 500 kub metrgacha tabiiy gaz iste’mol qiladi. Lekin, ularning hissasiga aholi jami iste’molining bor-yo‘g‘i 35 foizi (4,5 mlrd kub m) to‘g‘ri keladi.
O‘tgan safar elektr energiya va gaz narxi 2019 yilning avgust oyida oshirilgandi.
Energetika sohasini isloh qilish bo‘yicha ilk bor Iqtisodiy taraqqiyot, Moliya va Energetika vazirliklari qo‘shma bayonotida ma’lum qilingandi. O‘shanda 2021 yilni O‘ztransgaz — 2,5 trln so‘m, Milliy elektr tarmoqlari — 2,1 trln so‘m zarar bilan yakunlagan, subsidiyalash siyosati esa yetarli samarani bermayotgani aytilgandi. Energoresurslar bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni yaratish uchun esa 25 mlrd dollar zarurligi ta’kidlanib, shunga ko‘ra, energoresurslar narxini erkinlashtirish hamda «ijtimoiy norma» tizimini joriy etish rejalashtirilayotgani ochiqlangandi.