Samarqand viloyati Jomboy tumanida 19 nafar fuqaro to‘yda ovqatdan zaharlanganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, fuqarolar tibbiyot birlashmalariga to‘y bazmida ovqatdan zaxarlanganligi yuzasidan murojaat qilishgan. Ulardan 14 nafari sog‘ligining holati qoniqarli ekanligi sababli ambulator sharoitda davolanishga yuborilgan. 5 nafari tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.

«„Millar“ ko‘rsatuvining 196 nafar, „Markaziy Studiya“ ko‘rsatuvining 200 nafar fuqarolar zaxarlangan deya bergan ma’lumotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va ushbu xabarlar yuzasidan tekshiruv tayinlandi», — deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.