1 iyundan boshlab Toshkent do‘konlarida qolipli non, «buxanka» narxi 1400−1600 so‘mdan 2800 so‘mga qimmatlashdi.

Nonning narxi 2018 yil sentabr oyidan boshlab, undagi narxlar nazorati bekor qilinganidan beri, deyarli o‘zgarmagandi. Biroq, hukumat narxni subsidiyalashda davom etdi.

Mart oyida buxankaning o‘rtacha eng yuqori narxi Xorazm viloyatida — qariyb 3000 so‘m, eng pasti — poytaxtda — 1600 so‘m bo‘lgani haqida yozgan edik.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 may kuni g‘alla yetishtirishda islohotlar bo‘lishi, jumladan, don narxi erkinlashtirilishini ma’lum qildi. Islohot arzonroq un sotishni bekor qilishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan hukumat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. May oyi oxirida prezident pensionerlar va ijtimoiy himoyaga muhtojlarga bir martalik moddiy yordam to‘lash to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.