May oyida oylik inflyatsiya darajasi 1%ni tashkil etdi. Bu o‘tgan yil ko‘rsatkichlariga (0,5%) qaraganda ikki barobar ko‘proq. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilindi.

May oyining inflyatsiya darajasi 2017 yildan buyon may oyi uchun qayd etilgan eng yuqori inflyatsiya ko‘rsatkichi hisobalanadi.

Yillik inflyatsiya darajasi esa 2021 yil avgustidan keyin birinchi marta 11%lik ko‘rsatkichga qaytgan.

Yil boshidan iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati 5,5%ni tashkil qilgan, o‘rtacha har oyda 1,1%dan.

May oyida inflyatsiya nooziq-ovqatlar sohasida eng kuchli bo‘lgan — 1,3%. Oziq-ovqatlar 1,2%ga, xizmatlar esa 0,4%ga qimmatlagan.

Oziq-ovqatlar tarkibida oy davomida guruch (2,0%), un (9,6%), sut (2,2%), paxta yog‘i (2,3%), pista yog‘i (2,5%), shakar (4,3%), kartoshka (3,3%), piyoz (8,9%), va sabzi (7,2%) yuqori darajada qimmatlagan.