3 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 avgust 2022, 22:00

3 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Mustaqillik bayrami arafasida 4 kun dam, 4 avgust kuni chaqiriladigan Senatning yalpi majlisi, muddatidan avval ozodlikka chiqqan 14 yoshli qizni zo‘rlashga majburlagan uch erkak, bog‘chalarda 2 nafar 5 yoshli bola vafot etgani, chet tilidan 56 ta soxta sertifikat va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

O‘zbekiston «ArMI-2022»ning beshta yo‘nalishiga mezbonlik qiladi
3 avgust 2022, 19:32

O‘zbekiston «ArMI-2022»ning beshta yo‘nalishiga mezbonlik qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan Xalqaro armiya o‘yinlariga joriy yil 13−27 avgust kunlari dunyoning 12 davlati mezbonlik qiladi. O‘zbekiston Jizzax, Samarqand, Chirchiq va Sharqiy harbiy okrugi o‘quv-mashg‘ulot maydonlarida beshta yo‘nalish bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazadi.

Tayvan Nensi Pelosini qabul qildi. Xitoy esa orol atrofida harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda
3 avgust 2022, 19:30

Tayvan Nensi Pelosini qabul qildi. Xitoy esa orol atrofida harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Xitoy hukumatining ogohlantirishlariga qaramay, Tayvanga keldi. Xitoy TIV norozi bo‘lib: «AQSh xavfli yo‘ldan uzoqqa bormasligi kerak», deya ma’lum qildi. XXR armiyasi orol atrofida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 4 avgust kuni chaqiriladi
3 avgust 2022, 17:36

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 4 avgust kuni chaqiriladi

Senatning 29-yalpi majlisi payshanba kuni chaqiriladi. Unda Uy-joy kodeksini tasdiqlash, Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish, Davlat qarzi to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Hukumat va IIVning axboroti eshitiladi, Antikorrupsiya agentligi va Buxoro viloyati hokimining ma’ruzasi ko‘rib chiqiladi.

Namangan va Xorazmdagi bog‘chalarda ikki nafar 5 yoshli bola vafot etdi
3 avgust 2022, 17:26

Namangan va Xorazmdagi bog‘chalarda ikki nafar 5 yoshli bola vafot etdi

Namanganning Chust tumanidagi bog‘chaga kelgan 5 yoshli tarbiyalanuvchi uyqudan turayotgan vaqtida tilini chaynab yuborganligi tufayli vafot etdi. Xorazmning Xonqa tumanidagi bog‘chada esa 5 yoshli bolakay tushlikdan so‘ng, mazasi qochib, vafot etdi. Mazkur holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari pasaydi
3 avgust 2022, 16:17

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,54 so‘mga arzonlab, 10 942,58 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari, shuningdek, funt sterling, yuan, iyena va tenge pul birliklari ham pasaydi.

«Davr bank» tizimidan 15 mlrd so‘m o‘g‘rilandi
3 avgust 2022, 16:02

«Davr bank» tizimidan 15 mlrd so‘m o‘g‘rilandi

Fuqaro «Davr bank» tizimiga noqonuniy ulanib, 15 mlrd so‘mni do‘stining kartalariga o‘tkazgan, so‘ngra pul jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida taqsimlangani aytilmoqda. 11 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan, ikki nafari qidiruvda.

Yil boshidan beri xodimlarga 82,5 trln so‘m ish haqi hisoblangan — Soliq qo‘mitasi
3 avgust 2022, 15:56

Yil boshidan beri xodimlarga 82,5 trln so‘m ish haqi hisoblangan — Soliq qo‘mitasi

Davlat Soliq qo‘mitasi shu yilning birinchi yarmida 5,4 mln kishiga jami 82,5 trln so‘m ish haqi hisoblanganini ma’lum qildi. O‘rtacha oylik maosh miqdori — 2,8 mln so‘mni tashkil etmoqda. Eng ko‘p ish haqi Toshkent va Navoiyda, eng kami esa Farg‘ona va Sirdaryoda to‘lab berilgan.

Toshkentda maktab o‘quvchisini jinsiy aloqaga majburlagan erkaklar ozodlikka chiqarildi
3 avgust 2022, 15:45

Toshkentda maktab o‘quvchisini jinsiy aloqaga majburlagan erkaklar ozodlikka chiqarildi

Toshkentdagi maktabda 14 yoshli qizni jinsiy aloqaga majburlagan uch erkak shartli ravishda ozod qilindi. 4 yilga qamalgan sobiq jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hukmdan 12 oy, uning ikki tanishi esa — yarim yil o‘tgach ozodlikka chiqdi. Qizning onasi esa bir yildan ko‘proq vaqtdan beri adolatga erishishga urinayapti.

Yil boshidan buyon noqonuniy valyuta savdosi bilan bog‘liq 245 ta holat aniqlandi
3 avgust 2022, 15:17

Yil boshidan buyon noqonuniy valyuta savdosi bilan bog‘liq 245 ta holat aniqlandi

Joriy yilning o‘tgan davri ichida chet el valyutasining noqonuniy muomalaga kiritilishi bo‘yicha 245 ta holat aniqlanib, ularning oldi olindi. Natijada 433,2 ming dollar, 1,1 mln rubl, 702,2 ming tenge va 1,2 mlrd so‘m mablag‘lar musodara qilindi.

IIV Andijondan prezidentga murojaat yo‘llagan qizchaning shikoyatiga munosabat bildirdi
3 avgust 2022, 15:09

IIV Andijondan prezidentga murojaat yo‘llagan qizchaning shikoyatiga munosabat bildirdi

Andijonda qizcha 5 nafar qarindoshi, jumladan, ota-onasi qamab qo‘yilganini aytib, prezidentga videomurojaat yo‘lladi. IIV qizchaning qarindoshlari tuman hokimi o‘rinbosari va bank rahbarini haqoratlab, kuch ishlatgani, 738 mln so‘m kreditni to‘lamagani, qizcha esa qarindoshlari qaramog‘ida ekanini ma’lum qildi.

O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalari: savdo tarmoqlarida texnologiyani qanday oqilona ishga tushirish mumkin
3 avgust 2022, 15:00

O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalari: savdo tarmoqlarida texnologiyani qanday oqilona ishga tushirish mumkin

CSI kompaniyasining self service mahsulotlari menedjeri Igor Chechulin qanday qilib o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini yo‘lga qo‘yishda xato qilmaslik va sarflangan mablag‘lardan maksimal foyda olish haqida so‘zlab berdi.

Yagona maktab formasini sotib olish shartligi bo‘yicha prokuratura tilxat yozdirmagan — Bosh prokuratura
3 avgust 2022, 12:52

Yagona maktab formasini sotib olish shartligi bo‘yicha prokuratura tilxat yozdirmagan — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura Chilonzor tumanidagi maktabda yagona forma xarid qilish uchun prokuratura xodimlari tilxat yozdirib olgani haqidagi xabarni rad etdi. O‘rganish natijasida bu maktab direktorining shaxsiy tashabbusi ekanligi, biroq jarayonga yolg‘ondan prokuratura aralashtirilgani aniqlandi.

“Rejalar amalga oshishiga menda hech qanday shubha yo‘q”. YXHT Oliy komissari O‘zbekistondagi islohotlar haqida
3 avgust 2022, 12:39

“Rejalar amalga oshishiga menda hech qanday shubha yo‘q”. YXHT Oliy komissari O‘zbekistondagi islohotlar haqida

Shavkat Mirziyoyev YXHTning Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Qayrat Abdurahmonov bilan Markaziy Osiyo ta’lim dasturi doirasidagi loyihalarni muhokama qildi. “Mamlakat rahbariyati tomonidan belgilangan barcha rejalar amalga oshishiga menda hech qanday shubha yo‘q”, — dedi YXHT vakili.

Abituriyentlar chet tilidan 56 ta soxta sertifikatni topshirgani aniqlandi
3 avgust 2022, 11:36

Abituriyentlar chet tilidan 56 ta soxta sertifikatni topshirgani aniqlandi

Davlat test markazi OTMlarga kirish uchun onlayn topshirilgan arizalar orasida chet tilidan 56 ta soxta sertifikat mavjudligini aniqladi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi. 28,1 mingta sertifikat esa tasdiqlandi, yana 955 tasi talabga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.

Xodimlarni xizmat safarlariga yuborishning yangi tartibi belgilandi
3 avgust 2022, 11:20

Xodimlarni xizmat safarlariga yuborishning yangi tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan xizmat safari uchun transport, mehmonxona va boshqa xarajatlarining cheklangan miqdori belgilandi. Qolaversa, ayrim toifadagi ishchilardan tashqari boshqa xodimlar 30 kundan ortiq safarda bo‘lishi taqiqlanmoqda. Xarajatlarni onlayn yuritish uchun maxsus dastur va mobil ilova ishlab chiqiladi.

Toshkentda o‘quvchi maktab devori bosib qolishi oqibatida vafot etdi
3 avgust 2022, 10:24

Toshkentda o‘quvchi maktab devori bosib qolishi oqibatida vafot etdi

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 234-sonli maktabda o‘quvchini devor bosib qolgani, maktab ma’muriyati esa o‘quvchining o‘limini yashirishga uringani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, hozirda qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi
3 avgust 2022, 09:50

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar mustaqillikning 31 yilligini nishonlash arafasida ish haftasidan qat’iy nazar ketma-ket 4 kun — 1 sentabrdan 4 sentabrga qadar dam olishi kutilmoqda.

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston Slovakiyani mag‘lub etdi
3 avgust 2022, 09:37

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston Slovakiyani mag‘lub etdi

Shaxmat olimpiadasining 5-turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Slovakiyani 4:0 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Nodirbek Abdusattorov besh uchrashuvda beshta g‘alaba bilan musobaqaning eng samarali o‘yinchilaridan biri bo‘lib turibdi. Ayollar jamoasi Vetnamga imkoniyatni boy berdi.

Prezident Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlarini qabul qildi
3 avgust 2022, 09:12

Prezident Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushog‘li hamda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramovni qabul qildi. Muzokaralarda uch tomonlama sheriklik, qolaversa, kuzda Samarqandda o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting