Fuqaro S.Sh. (1976 y.t.) 7 iyul kuni Toshkent shahridagi «Davr bank» tizimiga ruxsatsiz kirish orqali boshqa bir fuqaro N.Sh. (2000 y.t.) nomiga ochilgan plastik kartalarga 15 mlrd so‘m o‘tkazgan, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

N.Sh. ushbu mablag‘larning 11,4 mlrd so‘mini o‘zlashtirib, pullarni jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida taqsimlab bergan. Huquq-tartibot idoralari tomonidan 11 nafar fuqaro gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ikki nafar gumonlanuvchi (1986 y.t.) Umarov Sanjar Ravshanovich hamda (1988 y.t.) Abduraxmonov Eldor Shuxratovichni ushlash choralari ko‘rilmoqda. Tergov harakatlari davom etmoqda.