Markaziy bank 4 avgustdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi.

1 AQSh dollari 17,54 so‘mga arzonlab, 10 942,58 so‘m etib belgilandi;

1 yevro 74,86 so‘mga pasayib va 11 145,11 so‘mga teng bo‘ldi;

1 rubl 1,42 so‘mga arzonlab, 180,87 so‘mga teng bo‘ldi.

Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, funt sterling, yuan, iyena va tenge pul birliklari ham pasaygan.

Ma’lumot uchun, avvalroq dollarning rasmiy kursi (3 avgust uchun) 19,05 so‘mga qimmatlab, 10 960,12 so‘m etib belgilangan edi.