Ijtimoiy tarmoqlarda mart oyida Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 234-sonli maktabda o‘quvchini maktab devori bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi.

Taxminlarga ko‘ra, maktab ma’muriyati mazkur o‘quvchi o‘limini yashirishga uringan, maktabning qulab tushgan devor qismi avariyaviy holatda bo‘lgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holatga munosabat bildirdi.

«Maktabda o‘quvchini maktab devori bosib qolganligi holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.