Avvalroq, 2 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra, O‘zbekiston mustaqilligining 31 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekkani haqida xabar bergandik.

Hujjat bilan bayram kunlari inson qadrini ulug‘lashga da’vat etadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish rejalashtirilgan.

Prezidentning 2021 yil dekabr oyidagi farmoniga asosan Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar 4 kun ketma-ket dam olishi kutilmoqda:

  • 1 sentabr (payshanba) — bayram kuni;
  • 2 sentabr (juma) — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 3 sentabr (shanba) — haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, bunda 5 kunlik ishlovchilar uchun odatdagidek dam olish kuni hisoblanadi;
  • 4 sentabr (yakshanba) — dam olish kuni.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholisi Mustaqillik bayrami arafasida 2020 yilda — 3 kun, 2021 yilda esa — 5 kun ketma-ket dam olgandi.