O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarining xaridorlar va riteylerlar uchun afzalliklari — yangi ishchilarni jalb etmagan holda kassadagi tirbandliklarni qisqartirishdir. Ammo ushbu texnologiya do‘konda muvaffaqiyatli ishlab ketishi uchun loyihaga oqilona yondashish zarur.

Qanday qilib o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini yo‘lga qo‘yishda xato qilmaslik va sarflangan mablag‘lardan maksimal foyda olish haqida CSI kompaniyasining self service mahsulotlari menedjeri Igor Chechulin so‘zlab berdi.

Igor sakkiz yildan beri CSI kompaniyasida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish mahsulotlarini boshqaradi. Bu vaqt ichida kompaniya Rossiya va MDH davlatlarining deyarli 30 ta savdo tarmoqlarida 3000 dan ortiq o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini hamda 5300 ta self-shopping skanerlarini hayotga tatbiq etgan.

Biznesga investitsiyalar foyda berishi kerak

O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalari — bu shunchaki yangi kassalarni o‘rnatish emas, balki do‘konda yangi jarayonlar va kassa chizig‘ining to‘liq transformatsiyasini yo‘lga qo‘yishdir. Ushbu jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak. Xaridorga qulay bo‘lmasa va u xaridlarni o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalaridan o‘tkazishni istamasa — loyiha yo‘qotilgan pullarga aylanadi. Igor Chechulin ushbu beshta asosiy bosqichlardan o‘tgandan so‘ng, dadillik bilan do‘konlar tarmog‘ida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishni ko‘paytirish mumkinligini aytdi.

1 bosqich. Sinov uchun do‘kon tanlovi

Texnologiyani sinovdan o‘tkazish uchun do‘konlar tarmog‘idagi xaridorlarga gavjum, kassadagi tirbandliklar va kassirlar yetishmovchiligiga ega do‘konni tanlash zarur. Yangi texnologiyani to‘liq sinovdan o‘tkazish uchun uni 2−3 ta savdo nuqtalarida sinab ko‘rish va natijalarni taqqoslash kerak.

2 bosqich. Do‘kon qanday ishlaydi va xaridorlar o‘zini qanday tutadi

CSI, do‘konni o‘rganib chiqish paytida, 3−5 kun davomida quyidagi ma’lumotlarni to‘plashni tavsiya etadi:

  • manzil, tuman va uning o‘ziga hosligi (ishchi, talabalar yoki sokin tuman);
  • asosiy raqobatchilarning joylashuvi;
  • joriy kassa chizig‘ining ishlashi: qaysi kassalar qanday paytda ochiqligi;
  • qaysi xaridorlar naqd pul orqali, qaysilari esa karta orqali to‘lovni amalga oshirishi;
  • zalda kassalarning joylashuvi, navbatlar yig‘iladigan ustunlar va to‘siqlar borligi yoki yo‘qligi;
  • kassa yonidagi mahsulotlar bor yoki yo‘qligi va ushbu joylashuvni qanday saqlab qolish mumkinligi;
  • xaridor qayerdan kirib chiqishi, uning cheklarida nimalar borligi hamda boshqa ko‘rsatkichlar.

Ushbu ma’lumotlar kelgusi o‘zgarishlarni oqilona loyihalashtirish va trafik oqimini asosli taqsimlashda yordam beradi. Kassalarning integrator-ta'minotchilari ba’zida ushbu bosqichda rejalashtirishni tushunishi va kelgusida jismoniy maydon hamda xaridorning aravacha bilan birgalikda band qiladigan maydonchasi o‘lchamlarini inobatga olib ular bilan CAD formatida ishlash uchun turli rakurslardan fotosuratlar yuborishni so‘raydilar.

3 bosqich. Yangi xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalashtirish

Kassalar soni, joylashuvi va kassa chizig‘idagi o‘rni yuqorida olingan ma’lumotlardan kelib chiqib hisoblanadi va tasdiqlanadi. Masalan, CSI`da buning uchun alohida shahsiy nazariya va tayyor formulalar bor. Riteyler haqiqiy muvaffaqiyatga erishish uchun matematik dalillarga ega o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish maydonchasini qo‘lga kiritadi. Kassalar kamroq qo‘yilganda — navbatlar yuzaga keladi, ko‘proq qo‘yilsa — kassalar ishsiz turib qoladi. Shu bosqichda loyihaning KPI`sini shakllantirish mumkin. Bu 3−5 kun muddat talab etadi.

Yangi kassalarga o‘rnatiluvchi soft riteylerga kerak bo‘lgan barcha bosqichlarni va xaridlar to‘lovi ssenariylarini kafolatli ta’minlashi uchun uning ishga layoqatliligini tekshirish muhim ahamiyatga ega.

4 bosqich. Tatbiq etish: jamoa, vazifalar va muddatlar

O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarida to‘lovlarni qulay va xaridorlarga tushunarli qilib tayyorlash uchun malakali integrator sizga yordam beradi. Buyurtmachi vazifasi — loyiha boshlanishini nazorat qilish, qo‘shni departmentlarga vazifalarni taqsimlash va belgilangan muddatda tayyorlikni ta’minlash.

Odatda loyihada asosiy buyurtmachi, IT-departament, maydoncha quruvchilari o‘zaro bog‘liqlikda ishlaydi. Marketing bo‘limi do‘kondagi yangi joyni, yo‘riqnomani va navigatsiyani shakllantiradi. Kadrlar bo‘limi maydoncha uchun bo‘lajak yordamchilarni tayyorlaydi. Havfsizlik xizmati xaridorlar yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan o‘g‘rilik va xatolik sxemalari hamda ularga qanday qarshilik ko‘rsatish mumkinligini o‘rganadi.

Savdo tarmog‘i qanchalik keng bo‘lsa, do‘konlar formati shunchalik qiyin va tarkib bir-biridan farqlanadi, loyihadagi qatnashuvchi ishchilar ko‘p. Bitta shahar yoki viloyatdagi savdo tarmog‘i ko‘lamida ixcham jamoa va do‘konlar standarti evaziga ishni o‘zaro muvofiqlashtirish osonroq.

5 bosqich. Kuzatish va yaxshilash

Siz ilk o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarni o‘rnatganingizda o‘zgarishlarni barcha birdek ishtiyoq bilan qarshi olmaydi, ammo yordamchi ishchilar evaziga xaridorlar oqimi maydonchani vaqti-vaqti bilan to‘ldirib turadi. Xatoliklarni to‘g‘irlash va loyihaning KPI`sini tez muddatda qoplash uchun CSI 2−3 oy davomida maydoncha ishini kuzatishni va mutaxassislar tavsiyalarini qo‘llashni maslahat beradi.


Shundan so‘ng, xulosalar qilish va boshqa do‘konlar uchun tirajlarni rejalashtirish mumkin.

Ildam tatbiq etish uchun CSI kompaniyasi O‘zbekistondagi mijozlariga “Set Retail” kassa tizimlari boshqaruvidagi CSI K kassalarini taklif etadi.

O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini yo‘lga qo‘yishga oid savollar bo‘yicha CSI saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

Havola bo‘yicha “O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishda nimalarni yoddan chiqarmaslik zarur” chek-list eslatmani yuklab olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.