O‘zbekiston transport vazirligi huzuridagi tashkilotlarga rahbarlar tayinlandi
31 yanvar 2023, 16:45

O‘zbekiston transport vazirligi huzuridagi tashkilotlarga rahbarlar tayinlandi

Prezident farmoni bilan Abduraxman Abduvaliyev transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi, Taxir Nazarov Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori, Faxriddin Salixov Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
31 yanvar 2023, 16:27

Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

Qo‘shrabot tumanida 5 kishi ovqatdan zaharlanib, ularning 2 nafari vafot etdi. Sanepidqo‘mita fuqarolarni ogohlikka chaqirdi.

O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi
31 yanvar 2023, 16:04

O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi

Usman Sharifxodjayev O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari, Temurjon Komilov, Dilshod Kenjayev va Uzokboy Begimkulov esa vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Alisher Ubbiyev Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga rahbar bo‘ldi.

Qoraqalpog‘istonda yana gaz portlashi yuz berdi, 4 kishi jarohatlandi
31 yanvar 2023, 16:03

Qoraqalpog‘istonda yana gaz portlashi yuz berdi, 4 kishi jarohatlandi

Seshanba kuni Nukus tumani «Oqterak» mahallasidagi ikki qavatli uydagi xonadonda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 4 kishi jarohat oldi, ularning ahvoli og‘irligi va tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
31 yanvar 2023, 15:38

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosarlari, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshliqlarini tayinladi.

2022 yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan 3,9 foizga qadrsizlandi
31 yanvar 2023, 15:35

2022 yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan 3,9 foizga qadrsizlandi

2022 yilda jismoniy shaxslar tijorat banklariga 11,9 mlrd dollar sotgan. Banklardan esa 8,9 mlrd dollar sotib olgan. Bu 2021 yilga nisbatan qariyb 2 baravar ko‘p. Yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan 3,9 foizga qadrsizlandi.

O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
31 yanvar 2023, 15:17

O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Baxodir Axmedov va Murodjon Madjidov madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Firdavs Abduxoliqov vazirlik huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori, Rustambek Kurbanov esa vazirlik huzuridagi Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi raisi bo‘ldi.

O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosarlari tayinlandi
31 yanvar 2023, 15:02

O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosarlari tayinlandi

Komiljon Karimov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib, Shahloxon Turdiqulova va Sarvarxon Buzrukxonov vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Olimjon To‘ychiyev va Majit Karimov esa vazirlik huzuridagi agentliklarga direktor bo‘ldi.

O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
31 yanvar 2023, 13:31

O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi

O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi. Eski tartibga ko‘ra, bu muddat 5 kunni tashkil etardi.

O‘zbekistonda fevral oyi yog‘ingarchilikka boy bo‘ladi
31 yanvar 2023, 13:12

O‘zbekistonda fevral oyi yog‘ingarchilikka boy bo‘ladi

Yanvarning oxirgi kunlaridagi sovuq fevral boshida ham saqlanib turadi. Bu oyda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Fevral oxirigacha harorat kechalari +2…−5 darajagacha, kunduzi +2…+17 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Yangi o‘quv yilidan maktablarda 6 ta fan o‘tilmasligi haqidagi xabarlar yolg‘on — vazirlik
31 yanvar 2023, 12:52

Yangi o‘quv yilidan maktablarda 6 ta fan o‘tilmasligi haqidagi xabarlar yolg‘on — vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilidan maktablarda 6 ta fan o‘tilmasligi haqida xabar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buni rad etib, xabarlar 2020 yil karantin davrida chiqqan eski ma’lumotlar ekanini bildirdi.

Toshkentda avtobusni nosoz holatda yo‘nalishga chiqargan mexanik ishdan olindi
31 yanvar 2023, 12:40

Toshkentda avtobusni nosoz holatda yo‘nalishga chiqargan mexanik ishdan olindi

Toshkentda «7-avtobus saroyi»ga tegishli 94-sonli yo‘nalishdagi avtobusni singan orqa oynalari skotchlangan holda yo‘lga chiqargan mexanik ishdan bo‘shatildi. Saroy bosh muhandisiga xayfsan berildi.

Toshkent shahri va viloyatida salkam 20 ming dona narkotik modda aniqlandi
31 yanvar 2023, 12:16

Toshkent shahri va viloyatida salkam 20 ming dona narkotik modda aniqlandi

DXXning poytaxt va Toshkent viloyatida olib borgan tadbirlari natijasida fuqarolardan noqonuniy sotilayotgan 20 ming donaga yaqin giyohvand moddalar olib qo‘yildi. Barcha kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘izistondan olib kirilgan.

Video: Nukus voqealari bo‘yicha sud yakunida kimga qanday hukm o‘qildi?
31 yanvar 2023, 11:15

Video: Nukus voqealari bo‘yicha sud yakunida kimga qanday hukm o‘qildi?

Buxoro viloyati sudida Nukusdagi iyul voqealarini sodir etganlikda ayblangan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. «Gazeta.uz» barcha gumondorlarga nisbatan o‘qilgan hukmning to‘liq ro‘yxatini e’lon qilmoqda.

Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi
31 yanvar 2023, 11:08

Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan asosiy ayblanuvchi Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada o‘tash, shuningdek, undan 228 mln so‘m zararni undirish belgilandi.

Kallixanova, Turdanov, Smetullayev va Nuratdinov sud zalidan ozod qilindi
31 yanvar 2023, 10:41

Kallixanova, Turdanov, Smetullayev va Nuratdinov sud zalidan ozod qilindi

Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmida Lolagul Kallixanova, Azamat Turdanov, Axmet Smetullayev va Azamat Nuratdinovlarga nisbatan ozodlikni cheklash va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilindi. Ular sud zalidan shartli ravishda ozodlikka chiqarildi.

Shaharlararo avtobus qatnovlariga onlayn chipta olish uchun «UzBus» mobil ilovasi ishga tushdi
31 yanvar 2023, 10:19

Shaharlararo avtobus qatnovlariga onlayn chipta olish uchun «UzBus» mobil ilovasi ishga tushdi

Transport vazirligi Toshkent avtovokzalidan shaharlararo qatnovchi avtobuslarga onlayn chipta xarid qilish uchun «UzBus» mobil ilovasini ishga tushirdi. Shu vaqtgacha onlayn chipta faqat Avtoticket.uz sayti orqali olinayotgan edi.

Jahongir Ortiqxo‘jayevning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi
31 yanvar 2023, 10:13

Jahongir Ortiqxo‘jayevning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi

Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Banklarda dollar kursi arzonladi
31 yanvar 2023, 09:51

Banklarda dollar kursi arzonladi

Tijorat banklari 31 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 270 — 11 310 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 360 so‘m.

Uchta viloyatda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi
31 yanvar 2023, 09:44

Uchta viloyatda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi

1−2 fevral kunlari Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. 9 ta viloyatda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim viloyatlarda kuchli shamollar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting