O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan transport vazirligi huzuridagi tashkilotlarga rahbarlar tayinlandi, deya xabar bermoqda prezident Adminstratsiyasiga yaqin «Nigoh» Telegram kanali.

Xususan, Abduraxman Abduvaliyev transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

тайинлов, transport vazirligi

U 2013−2017 yillarda «O‘zavtoyo‘l» davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi, 2017−2019 yillarda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan. 2019 yilda transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi etib tayinlangan.

Taxir Nazarov transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

тайинлов, transport vazirligi
Foto: Transport vazirligi

U 2021 yilning dekabr oyida ushbu lavozimga tayinlangandi. Undan avval Sertifikatlashtirish va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Doniyor Axmedov transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

тайинлов, transport vazirligi
Foto: Transport vazirligi

U 2016 yildan 2019 yilgacha «O‘zdavtemiryo‘lnazorat» inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lgan. 2019 yilning mart oyida inspeksiya boshlig‘i etib tayinlangan.

Faxriddin Salixov transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U ko‘p yillar Vazirlar Mahkamasida faoliyat olib borgan. 2019 yilning mart oyida inspeksiya boshlig‘i etib tayinlangan.