6 yanvar kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ovqatdan zaharlanish (botulizm) bo‘yicha 5 kishi kasallanib, ularning 2 nafari vafot etdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ovqatdan zaharlanishning eng og‘ir shakllaridan biri botulizmdir. Bu kasallik og‘ir kechishi, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. Afsuski, aholi o‘rtasida shuncha ogohlantirish va targ‘ibot ishlariga qaramasdan, botulizm bilan bog‘liq achinarli holatlar uchramoqda. Ovqatdan zaharlanish asosan uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida sodir bo‘ladi, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Samarqand viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi fuqarolarni qo‘lbola usulda tayyorlangan va sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslikka chaqirdi.