Prezident qarorlari bilan O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Usman Sharifxodjayev maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2020 yildan beri xalq ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi, ungacha esa prezident Administratsiyasi ta’lim shu’basi mudiri edi.

Foto: Usman Sharifxodjayev / FacebookFoto: Usman Sharifxodjayev / Facebook

Temurjon Komilov, Dilshod Kenjayev va Uzokboy Begimkulov maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Temurjon Komilov. Foto: UzReportTemurjon Komilov. Foto: UzReport

Temurjon Komilov 2019 yildan buyon xalq ta’limi vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi.

Dilshod Kenjayev. Foto: Xalq ta’limi vazirligiDilshod Kenjayev. Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Dilshod Kenjayev 2022 yil aprelida Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi, bungacha esa prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari edi.

Uzokboy Begimkulov. Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatiUzokboy Begimkulov. Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Uzokboy Begimkulov 2021 yildan beri maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Alisher Ubbiyev. Foto: “Nigoh”Alisher Ubbiyev. Foto: “Nigoh”

Alisher Ubbiyev maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. U 2022 yildan beri ushbu agentlik rahbari o‘rinbosari edi.

Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Baxodirjon Onorboyev maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Nodir Muslitdinov maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari, Ibroxim Djurayev va Voxobjon Rajapov esa xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarlari lavozimlaridan ozod etildi.