31 yanvar kuni soat 07:55 lar atrofida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani «Okterak» MFYda joylashgan 2 qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea oqibatida 4 fuqaro og‘ir tan jarohatlarini olgan va ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘istondagi filialiga olib borilgan. Hozirda bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

gaz bаллони portlashи, қорақалпоғистон

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» hodimlari borib, vaziyatni o‘rganmoqda. Ayni vaqtda chaqnashning sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

O‘zbekiston FVV xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilyapti.

gaz bаллони portlashи, қорақалпоғистон

FVV yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida aholidan gazdan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘radi.

Avvalroq, 29 yanvar kuni soat 16:15 atrofida Nukus shahri «Temir jol» MFYda joylashgan 4 qavatli uyda havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani haqida yozgandik. Hodisa oqibatida 2 nafar yigit kuyish tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirildi. Voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay Orinbayev va Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov bordi.

Mazkur holat oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Avvalroq 5 yoshli qizaloq qutqarilib, shifoxonaga olib ketilgandi. Holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Gazeta.uz» qutqaruv ishlari davomida uy vayronalari ostidan jasadi topilgan erkakning shaxsini aniqlagandi. U Salamat Raziyev bo‘lib, portlash sodir bo‘lgan kvartiraning pastki qavatida yashagan.

Respublika prokuraturasiga ko‘ra, holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda aybdor shaxslar doirasini aniqlash, ularni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi hal etilmoqda.