O‘zgidromet xizmati agentligi fevral oyida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi.

Toshkent, Jizzax viloyatlari va respublika janubidagi ayrim stansiyalarning kuzatuvi natijalariga ko‘ra, yanvar oyida meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun minimal havo haroratining mutlaq rekordlari qayd etildi.

«Bu yil yanvar oyida noodatiy sovuq kuzatildi. 2000-yillarning boshidan beri ushbu yilning yanvar oyidan faqat 2008 yil yanvar oyi umuman sovuqroq bo‘ldi. Ayrim hududlarda, xususan, Toshkent shahrida eng sovuq kechalarda havo harorati ko‘rsatkichlari nafaqat 2008 yildagidan past, balki so‘nggi yarim asrdagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Yanvar oyining oxirgi kunlarida sovuq asta-sekin chekindi. Ushbu tendensiya fevral oyining boshida ham saqlanib turadi. Respublika hududiga O‘rta dengiz hududlaridan nam va nisbatan iliq havo kirib keladi.

Fevral oyining birinchi o‘n kunligida harorat asosan kechalari 0…+5 daraja, ba’zi joylarda -2 darajagacha, kunduz kunlari +3…8 darajagacha, ba’zi joylarda +10…+12 darajagacha, shimolda kechalari −3…−8 daraja, kunduz kunlari +2…+7 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘n kunlik nisbatan yog‘ingarchilikka boy bo‘ladi. Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin.

Keyinchalik — fevral oyining oxirigacha harorat kechalari +2…+7 darajadan −0…−5 darajagacha, kunduz kunlari +2…+7 darajadan +12…+17 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Ayrim kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor va yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.