Jismoniy shaxslar 2022 yilda tijorat banklaridan 8,9 mlrd dollar sotib oldi. Bu haqda Markaziy bankning ichki valyuta
bozori sharhida keltirildi

Hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklariga sotilgan chet el valyutasi miqdori 11,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga 8,9 mlrd dollar sotildi hamda ushbu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 1,9 barobarga o‘sdi (2021 yilda — 4,6 mlrd dollar).

dollar, tijorat bankлари

Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi (mln AQSh dollar). Foto: Markaziy bank

2022 yilda jismoniy shaxslarning chet el valyutasi taklifi hajmi unga bo‘lgan talab hajmidan 2,9 mlrd dollariga ortiq bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif manbai bo‘lib xizmat qildi. 2022 yilda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga 16,9 mlrd dollar miqdorida valyuta mablag‘lari kelib тушган bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada oshdi (2020 yilda — 6 mlrd dollar va 2021 yilda — 8,1 mlrd dollar).

dollar, tijorat bankлари

Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi (mln AQSh dollar).

Ushbu holat quyidagi omillar bilan izohlanadi:

  • avval yuklab jo‘natilgan mahsulotlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) (debitor qarzdorlik) bo‘yicha to‘lovlar hamda eksport uchun oldindan to‘langan bo‘naklarning oshishi;
  • Rossiyadagi geosiyosiy vaziyat ta’sirida (kapitalni saqlab qolish maqsadida) respublikadan chiqib ketgan valyuta mablag‘larining ayrim qismini eksport tushumlari ko‘rinishida hamda import shartnomalari bo‘yicha oldindan to‘lov sifatida O‘zbekistonga kirib kelishi;
  • Rossiya hukumati tomonidan «parralel» importga ruxsat berilishi va Rossiya xo‘jalik subyektlari tomonidan Yevropa bilanbog‘liq bo‘lgan importni Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston orqali amalga oshirayotgani bilan izohlanadi.

Almashuv kursi dinamikasi

2022 yil davomida milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi ichki valyuta bozoridagi talab va taklif faktorlari, shu bilan birga, tashqi va ichki omillarning ta’sirida shakllandi. Jahondagi geosiyosiy keskinliklarning yuzaga kelishi, savdo hamkor davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlari devalvatsion kutilmalarining ortishi fonida mart oyining dastlabki haftalarida xorijiy valyutaga nisbatan talab sezilarli darajada oshishi kuzatildi.

Natijada, milliy valyuta ayirboshlash kursi yil boshiga nisbatan 7 foizgacha qadrsizlanishi kuzatildi. Bunda, pul-kredit siyosatining o‘z vaqtida qat’iylashtirilishi valyuta bozorining barcha segmentlarida xorijiy valyutaga talabning sezilarli darajada pasayishiga va taklifning ortishiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, moslashuvchan almashuv kursi tashqi shoklarning salbiy oqibatlarini yumshatishga xizmat qildi. Umuman olganda, 2022 yil davomida milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan tebranishi 10801 — 11572 dollar/so‘m diapazonida shakllandi va 3,9 foizga qadrsizlandi.

dollar, tijorat bankлари

AQSh dollarining milliy valyutaga nisbatan almashuv kursi dinamikasi (AQSh dollar/so‘m).

Qayd etilishicha, milliy valyuta almashuv kursi dinamikasi shakllanishi geosiyosiy vaziyatning o‘zgarishi, ichki valyuta bozori ishtirokchilarining kutilmalari hamda tashqi moliya bozorlari kon’yunkturasiga bog‘liq bo‘ladi. Markaziy bank disbalanslar ortib borishi oldini olish maqsadida erkin shakllanuvchi valyuta almashuvkursi rejimiga amal qilib boradi hamda oltin-valyuta zaxiralari neytrallik prinsipini ta’minlashi ta’kidlangan.