Toshkent avtovokzalidan amalga oshirilayotgan shaharlararo avtobus qatnovlariga chiptalarni elektron tarzda xarid qilish uchun «UzBus» mobil ilovasi ishga tushdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘lovchilar mobil ilova yordamida avtovokzaldan amalga oshirilayotgan shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi qatnovlar jadvali bilan real vaqt rejimida tanishish imkoniyatiga ega.

Vazirlik avvalroq Avtoticket.uz saytidan ham kompyuter, ham telefon orqali chiptalarni sotib olish bo‘yicha sayt ishga tushirilganini ma’lum qilgandi.

«UzBus» mobil ilovasi orqali hozirda Buxoro-Toshkent yo‘nalishidagi avtobus qatnovlariga ham chiptalarni elektron shaklda sotib olish mumkin.

Bosqichma-bosqich ravishda barcha viloyatlardan Toshkent shahriga bajariluvchi qatnovlarga chiptalarni ushbu mobil ilova yordamida elektron xarid qilish imkoniyati yaratiladi.