O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Komiljon Karimov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Komiljon Karimov. Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»Komiljon Karimov. Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»

U 2021 yildan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi, ungacha esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetiga rektorlik qilgan.

Shahloxon Turdiqulova va Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Shahloxon Turdiqulova. Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligiShahloxon Turdiqulova. Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Shahloxon Turdiqulova 2020 yil oktabridan buyon innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari edi, bungacha esa vazirlik huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga direktorlik qilgan. Buzrukxonov esa 2018 yildan beri oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Sarvarxon Buzrukxonov. Foto: tstu.uzSarvarxon Buzrukxonov. Foto: tstu.uz

Olimjon To‘ychiyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. U 2019 yildan beri innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari edi.

Olimjon To‘ychiyev. Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligiOlimjon To‘ychiyev. Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Majit Karimov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori etib tayinlandi. U 2017 yildan beri Davlat test markaziga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Majit Karimov. Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz»Majit Karimov. Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz»

Sadoqat Siddiqova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, prezident qaroriga asosan, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan.