Buxoro viloyatida o‘tayotgan birinchi instansiya sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston sudi sudyasi Elubay Abibullayev raisligida 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 22 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukm e’lon qilinishi boshlandi.

Jumladan Lolagul Kallixanova, Azamat Turdanov, Axmet Smetullayev va Azamat Nuratdinov ozodlikni cheklash bilan bog‘liq jazoga tortildi. Sud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini bekor qildi. Ular sud zalidan ozod qilindi.