Xivadagi Toshhovli saroyi AQSh ko‘magida rekonstruksiya qilindi
5 iyun 2023, 14:24

Xivadagi Toshhovli saroyi AQSh ko‘magida rekonstruksiya qilindi

Xivadagi XIX asrga oid Toshhovli saroyini konservatsiya qilish loyihasi yakunlandi. Ob-havo va noto‘g‘ri olib borilgan restavratsiya ishlari tufayli uning bezakli koshinlari va g‘ishtlari parchalangandi. Loyiha uchun mablag‘ AQSh tomonidan ajratildi.

Nasafnews.uz nashri hamda 3 nafar bloger faoliyatini tugatdi. Sabablar
5 iyun 2023, 14:06

Nasafnews.uz nashri hamda 3 nafar bloger faoliyatini tugatdi. Sabablar

Nasafnews.uz internet nashri rasman faoliyatini tugatayotganini e’lon qildi. Uning ortidan esa blogerlar Umid Karimov (Nasafnews.uz rahbari), Otabek Artikov va Maqsud Muzaffarov ham ortiq faoliyat yuritmasligini ma’lum qildi. “Gazeta.uz” ular bilan bog‘lanib, bunday qarorga kelish sabablarini so‘radi.

Toshkent bozorlari yangi sayyohlik markazlariga aylanishi mumkin — tadqiqot
5 iyun 2023, 13:10

Toshkent bozorlari yangi sayyohlik markazlariga aylanishi mumkin — tadqiqot

O‘zbekiston bozorlari unikalligi va o‘ziga xos muhitini saqlab qolgan holda zamonaviylashtirilsa, jahon bozorida raqobatlasha oladigan bozorlarga aylanishi mumkin. Bu haqda Atlas konsalting kompaniyasining hududiy rivojlantirish sohasidagi tadqiqotida so‘z borgan.

MSK to‘rt nafar prezidentlikka nomzodni ro‘yxatga oldi, tashviqotlar 7-iyundan boshlanadi
5 iyun 2023, 11:40

MSK to‘rt nafar prezidentlikka nomzodni ro‘yxatga oldi, tashviqotlar 7-iyundan boshlanadi

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan tasdiqlangan to‘rt nafar nomzodni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. Saylovoldi tashviqotlari esa 7-iyundan boshlanishi belgilandi.

Toshkent viloyatida maktab o‘quvchisi kanalga cho‘kib ketdi
5 iyun 2023, 11:29

Toshkent viloyatida maktab o‘quvchisi kanalga cho‘kib ketdi

Yangiyo‘l shahrida 16 yoshli maktab o‘quvchisi Jo‘n kanaliga cho‘kib ketdi. Uning jasadi oradan bir kun o‘tib topildi.

O‘zbekistonda hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
5 iyun 2023, 11:16

O‘zbekistonda hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi

O‘zbekistonda ish haftasi davomida haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Kunduzi havo +40 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +42 darajagacha isiydi. Bu iyun oyining birinchi o‘n kunligi uchun me’yordan 4−6 daraja yuqori hisoblanadi.

O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash sohasida “nol chiqindi” tamoyillari joriy etiladi
5 iyun 2023, 11:07

O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash sohasida “nol chiqindi” tamoyillari joriy etiladi

Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasida O‘zbekistonda “nol chiqindi” (zero waste) tamoyillari joriy etiladi. Barcha chiqindi poligonlarida chiqindilarni to‘liq qayta ishlash va kuydirishga bosqichma-bosqich erishish rejalashtirilgan.

Bayden AQSh davlat qarzi chegarasini vaqtincha bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
5 iyun 2023, 10:47

Bayden AQSh davlat qarzi chegarasini vaqtincha bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Jo Bayden AQSh davlat qarzi chegarasini vaqtincha bekor qiluvchi qonunni imzoladi. Bu AQSh tarixidagi birinchi defoltdan qutulib qolish imkonini beradi. Agar davlat qarzi chegarasi bekor qilinmaganida yoki oshirilmaganida, AQSh G‘aznachiligi hukumat faoliyatini moliyalashtirish imkoniyatini yo‘qotgan bo‘lardi.

Ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi
5 iyun 2023, 10:25

Ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining hududlarda ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi. Shuningdek, yangi tutzorlar barpo qilish uchun 105 ming gektar yer doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi belgilandi.

Farg‘onada cho‘kib ketgan maktab bitiruvchisining jasadi 9 kunda topildi
5 iyun 2023, 09:56

Farg‘onada cho‘kib ketgan maktab bitiruvchisining jasadi 9 kunda topildi

25-may kuni Qo‘shtepa tumanida maktab bitiruvchisi Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgandi. Uning jasadi oradan 9 kun o‘tib kanalning Oltiariq tumanidan oqib o‘tuvchi qismidan topildi.

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga qarshi sanksiyalar qo‘llamaslikka va’da berdi
5 iyun 2023, 09:55

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga qarshi sanksiyalar qo‘llamaslikka va’da berdi

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Markaziy Osiyoning beshta davlati yetakchilarini ularning mamlakatlari Rossiyaga qarshi joriy etilgan cheklovlarni buzsa, Yevropa Ittifoqi sanksiyalar qo‘llamasligiga ishontirdi. Sanksiyalar faqat “Rossiya urush mashinasini qo‘llab-quvvatlaganlarga” nisbatan qo‘llanadi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi oshdi
5 iyun 2023, 09:51

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi oshdi

Tijorat banklari 5-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360−11 425 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 445−11 485 so‘m.

Taekvondo WT bo‘yicha JCHni o‘zbekistonliklar 4 ta medal bilan yakunladi
5 iyun 2023, 09:46

Taekvondo WT bo‘yicha JCHni o‘zbekistonliklar 4 ta medal bilan yakunladi

Boku shahrida o‘tgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta medal: 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqdi. O‘tgan yilgi JCHda ham ular 4 ta medal olgandi.

Toshkentdagi mahallalardan birini suv bosdi — foto
5 iyun 2023, 09:26

Toshkentdagi mahallalardan birini suv bosdi — foto

Sergeli tumanining “Junariq” mahallasidagi 9 ta xonadonni suv bosdi. Toshqin Jun va Salar kanaliga to‘liq suv ochilgani bois yuzaga kelgan. Holat bartaraf etildi, hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi xabarda.

Qashqadaryoda Damas daraga ag‘darilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
4 iyun 2023, 19:16

Qashqadaryoda Damas daraga ag‘darilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Qamashi tumanida Damas daraga ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

Qatar amiri 5−6-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi
4 iyun 2023, 18:15

Qatar amiri 5−6-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5−6-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrifning asosiy tadbirlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

Qozog‘iston 2024-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishga tayyor bo‘ladi
4 iyun 2023, 16:14

Qozog‘iston 2024-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishga tayyor bo‘ladi

Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyevning aytishicha, 2024-yilgi kuz-qish mavsumida mamlakat infratuzilmasi Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilish uchun tayyor bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va “Gazprom” o‘rtasida gaz hajmi hamda narxi bo‘yicha muzokaralar hamon davom etmoqda.

Jomboylik ayol dalaga qoramol tushgani uchun qaynog‘asi tomonidan kaltaklandi
4 iyun 2023, 15:10

Jomboylik ayol dalaga qoramol tushgani uchun qaynog‘asi tomonidan kaltaklandi

Jomboy tumanida 37 yoshli ayol ekin maydoniga qoramol tushgani uchun ferma ishchisi bo‘lgan qaynog‘asi tomonidan kaltaklandi. Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi uning ahvoli nisbatan qoniqarli ekanini ma’lum qildi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ayrim hududlarga ekomahalla, ekoqishloq va ekoovul maqomi beriladi
4 iyun 2023, 12:56

O‘zbekistonda ayrim hududlarga ekomahalla, ekoqishloq va ekoovul maqomi beriladi

2024-yil 1-martdan O‘zbekistonda ayrim hududlarga ekomahalla, ekoqishloq va ekoovul maqomi beriladi. Ularda elektr energiyasi quyosh batareyalariga almashtiriladi, elektrobus harakatlanishi yo‘lga qo‘yiladi va savdo shoxobchalarida plastik paketlar savdosi taqiqlanadi.

Toshkentda $22,5 ming evaziga Haj vizasini olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
4 iyun 2023, 12:49

Toshkentda $22,5 ming evaziga Haj vizasini olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi

Yashnobod va Uchtepa tumanlarida fuqarolarga jami $22,5 ming evaziga Haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lgan firma mutasaddilari qo‘lga olindi. Ular 4 ming dollarni bo‘nak sifatida olayotganlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting