Samarqand viloyatida to‘yxona va oshxona egalari qariyb 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
2 oktabr 2023, 11:06

Samarqand viloyatida to‘yxona va oshxona egalari qariyb 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlarida oshxona va to‘yxona egalari 1 mlrd 179,7 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu hajmdagi gaz 6 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi.

Qatar O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomagistral qurishni rejalashtirmoqda
2 oktabr 2023, 10:24

Qatar O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomagistral qurishni rejalashtirmoqda

Qatarning eng yirik milliy xoldingi — Power International O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil magistralini qurishni rejalashtirmoqda. Kompaniya, shuningdek, tez orada mamlakatda o‘z ofisini ochishini ma’lum qildi.

Qashqadaryoda qishloqqa tushgan ayiq bolalari qo‘riqxona hududiga qo‘yib yuborildi
2 oktabr 2023, 09:38

Qashqadaryoda qishloqqa tushgan ayiq bolalari qo‘riqxona hududiga qo‘yib yuborildi

Shahrisabz tumanidagi qishloqlardan biriga tog‘dan O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan ikki bosh Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayiq bolasi tushgani aniqlandi. Ular maxsus o‘q-dorili qurol yordamida uxlatilib, Hisor qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi.

SES Hindistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni Nipah virusidan ogohlantirdi
2 oktabr 2023, 09:27

SES Hindistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni Nipah virusidan ogohlantirdi

Sanitariya epidemiologiya qo‘mitasi Hindistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni Nipah virusidan ogohlantirdi. Mazkur infeksiya oqibatida mamlakatda 2 kishi vafot etdi, JSST virus avj olayotgani haqidagi ma’lumotini tasdiqladi.

O‘zbekistonda metan “zapravka”larda gazning bir kubometri 3250 so‘mgacha oshdi
1 oktabr 2023, 23:21

O‘zbekistonda metan “zapravka”larda gazning bir kubometri 3250 so‘mgacha oshdi

Tadbirkorlar uchun gaz tariflari oshirilgani ortidan 1-oktabrdan AGTKSHlarda bir kubometr gaz narxi 2700−2800 so‘mdan 3100−3250 so‘mga (maksimal narx) ko‘tarildi. Ma’lum qilinishicha, prokuratura shoxobchalar rahbarlarini narxlarni hukumat belgilab bergan chegaradan oshirmaslik haqida ogohlantirgan.

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prikdan avtobus va yuk mashinalarining o‘tishi taqiqlandi
1 oktabr 2023, 22:52

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prikdan avtobus va yuk mashinalarining o‘tishi taqiqlandi

1-oktabrdan Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ta’mirlanayotgan ko‘prik orqali avtobus va yuk mashinalarining harakati cheklandi. 10 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi (xarita).

O‘zbekiston futbolchilari 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi
1 oktabr 2023, 15:29

O‘zbekiston futbolchilari 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. O‘zbekiston terma jamoasi oxirgi marta 1994-yilda turnirning ushbu bosqichiga chiqqan (+gollar videosi).

Anqarada Turkiya IIV binosi oldida portlash yuz berdi
1 oktabr 2023, 14:09

Anqarada Turkiya IIV binosi oldida portlash yuz berdi

Anqarada Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi oldida terakt sodir etildi. Mamlakat IIV rahbari Ali Yerlikaya bir xudkush o‘zini portlatib yuborgani, ikkinchisi esa “zararsizlantirilganini” ma’lum qildi.

Sentabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,24 foizni tashkil etdi. Bu yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich
1 oktabr 2023, 11:44

Sentabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,24 foizni tashkil etdi. Bu yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Sentabr yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda 1,2 foiz inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya esa 9,2 foizgacha tezlashdi. O‘tgan oyda Qozog‘istondan un importi to‘xtatilgani haqidagi xabarlar ortidan ushbu mahsulot, shuningdek, tuxum, sabzi va kartoshka narxi keskin ko‘tarildi. Benzin va metan narxi ham o‘smoqda.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qatarga boradi
1 oktabr 2023, 10:43

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qatarga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1−2-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Qatarda bo‘lib, u yerda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, Doha shahrida EXPO 2023 ko‘rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi
30 sentabr 2023, 19:13

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Taipeyi ustidan g‘alaba qozonib, Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi. G‘alaba goli qo‘shimcha vaqtda kiritildi.

Chery brendining aksiya natijalariga ko‘ra, yangi mijozlar qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi
30 sentabr 2023, 17:00

Chery brendining aksiya natijalariga ko‘ra, yangi mijozlar qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi

Yaqinda Chery brendi mag‘lubiyatsiz aksiya o‘tkazdi, unda har bir avtomobil xaridori sovg‘aga ega bo‘ldi. oktabrda Chery Uzbekistan faoliyatining bir yilligi munosabati bilan kompaniya mijozlari uchun yana bir nechta takliflarni tayyorlamoqda.

Oliy ta’lim bo‘yicha qamrov 42 foizga yetdi — prezident
30 sentabr 2023, 16:55

Oliy ta’lim bo‘yicha qamrov 42 foizga yetdi — prezident

O‘zbekistonda oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’lim bo‘yicha qamrov darajasi 27 foizdan 72 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlariga yuborgan tabrigida ma’lum qildi.

Samarqandda 10 yoshli qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgan erkak 16 yilga qamaldi
30 sentabr 2023, 15:33

Samarqandda 10 yoshli qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgan erkak 16 yilga qamaldi

Samarqand viloyatida 1,5 yil davomida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz hatti-harakatlar qilib kelgan 45 yashar erkak 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Dam olish g‘oyalari: qo‘shimcha xarajatlarsiz Dubayga qanday borish mumkin
30 sentabr 2023, 15:00

Dam olish g‘oyalari: qo‘shimcha xarajatlarsiz Dubayga qanday borish mumkin

Dubayga sayohat butun oila bilan dam olish uchun ajoyib yechim bo‘lishi mumkin. Bepul ko‘ngilochar hordiq haqida ma’lumotni Visit Dubai saytida topib, arzon narxdagi sayohatni rejalashtirish mumkin.

Senat ombudsmanga o‘rinbosar sayladi
30 sentabr 2023, 14:47

Senat ombudsmanga o‘rinbosar sayladi

Senat Bekzod Narimanovni O‘zbekiston ombudsmanining o‘rinbosari etib sayladi. Avgust oyida uning nomzodi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangandi.

Toshkentda 15 yoshli qiz zaharlanish sabab vafot etdi
30 sentabr 2023, 12:36

Toshkentda 15 yoshli qiz zaharlanish sabab vafot etdi

Mirobod tumanida 2008-yilda tug‘ilgan qiz noma’lum etiologiyali moddadan zaharlanish sabab vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Senat jamoat joylarida yuzni to‘sib yurishni ta’qiqlovchi qonunni ma’qulladi
30 sentabr 2023, 11:41

Senat jamoat joylarida yuzni to‘sib yurishni ta’qiqlovchi qonunni ma’qulladi

Senatorlar jamoat joylarida tanish imkonini bermaydigan darajada yuzni to‘sganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonunni maqulladi. Shu bilan birga, qonun bilan jamoat joylarida ibodat liboslarida yurganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda.

Sergelidagi holatdan foydalanib, aholidan pul undirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi
30 sentabr 2023, 10:59

Sergelidagi holatdan foydalanib, aholidan pul undirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

Sergeli tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida zarar ko‘rgan aholidan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Poytaxt hokimligi ta’mirlash ishlari bepul amalga oshirilayotganini eslatib o‘tdi.

SSVning sobiq rahbari Alisher Shadmanov ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun taqdirlandi
30 sentabr 2023, 10:29

SSVning sobiq rahbari Alisher Shadmanov ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovni “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting