Samarqand viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4 ta korxona 1 mlrd 294 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, Pastdarg‘om tumanidagi “A.B.” fermer xo‘jaligiga qarashli oshxona (428 mln 364 ming so‘m) hamda “F.Z.D.” oilaviy korxonasiga qarashli to‘yxona gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani oqibatida davlat manfaatlariga 520 mln 344 ming so‘m zarar yetkazgan.

Oqdaryo tumanidagi “I.S.O.” oilaviy korxonasiga qarashli to‘yxona gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangani natijasida davlat manfaatlariga 231,1 mln so‘m, Paxtachi tumanida esa “A.U.A.H.777” MCHJ 114,3 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur 4 ta holatda noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hozirgi kunda 6765 ta xonadonning bir oylik iste’moliga tengdir.

“Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi”, — deyiladi xabarda.