Toshkent shahri Mirobod tumanida 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan M.A. vafot etdi, deya xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga.

Voqea 2023-yilning 28-sentabr kuni bo‘lgan. Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga “noma’lum etiologiyali moddadan zaharlanish” sabab bo‘lgan.

Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.