Dubay o‘zining jahon darajasidagi hashamatli mehmonxonalari, restoranlari va eksklyuziv do‘konlari bilan mashhur. Biroq bu ushbu shaharga safar oddiy sayyohning hamyoniga to‘g‘ri kelmasligini bildirmaydi.

Dubay, mazkur yo‘nalish faqat dabdabali hordiq uchun mo‘ljallangan degan xato fikrni chippakka chiqargan holda, hammani mamnuniyat bilan kutib oladi. Bu shahar oddiy sayohatchilar uchun ham juda yaxshi tanlovga aylanishi mumkin. Quyida ortiqcha xarajatlarsiz sayohatdan qanday qilib iloji boricha ko‘proq bahra olish haqida.

visit dubai, реклама

Butun oila uchun ko‘ngilochar hordiq

Dubay ko‘p jihatdan oilaviy dam olishga mo‘ljallangan shahar hisoblanadi, shu bois uning infratuzilmasi ham oilaviy hordiq chiqarish uchun iloji boricha qulay sharoitlarni yaratadigan tarzda loyihalashtirilgan. Dubayning istirohat bog‘lari va diqqatga sazovor joylari butun dunyoga mashhur. Agar siz ularning ayrimlarini borib ko‘rishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, unda Dubai Pass abonementini xarid qilganingiz ma’qul. U shaharning asosiy diqqatga sazovor maskanlari va ko‘ngilochar obyektlariga yaxshigina chegirma bilan kirish imkonini beradi.

visit dubai, реклама

Masalan, Motiongate Dubai, Legoland Dubai mavzuli bog‘lari va Legoland Waterpark akvaparkini o‘zida birlashtirgan Yaqin Sharqdagi yirik Dubai Parks and Resorts majmuasi barcha yoshdagi bolalar uchun mos keladigan ko‘plab attraksionlarni, shou va ko‘ngilochar dasturlarni taklif etadi. Kattalar ham ulardan bir olam zavq olishi mumkin.

Shuningdek, Dubayda IMG Worlds of Adventure deb nomlanuvchi eng katta yopiq mavzuli ko‘ngilochar bog‘lardan biri joylashgan. Bu yerda Marvel dunyosining mashhur personajlarini va Cartoon Network telekanalining sevimli qahramonlarini uchratish mumkin.

visit dubai, реклама

Agar siz ulardan ba’zilariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, shaharning diqqatga sazovor joylari va ko‘ngilochar joylarida katta chegirmalar uchun Dubai Pass chiptasini sotib olishga arziydi. Visit Dubai rasmiy veb-saytida esa boshqa ajoyib takliflarni ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Dubayning ko‘plab diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rish bepul. Ularning orasida mashhuri — Dubai Creek Harbour limani hududidagi The Viewing Point tomosha maydoni. Bu yerdan siz shaharning ospono‘par binolarini tomosha qilasiz. Bundan tashqari, Tuyalar muzeyi va Qahva muzeyi ham shahar mehmonlari uchun doim ochiq. Sokin tabiat qo‘ynida dam olishni xush ko‘ruvchilar shahar tashqarisiga chiqishi shart emas, ular shu yerning o‘zida joylashgan Ras-Al-Xor tabiat qo‘riqxonasiga tashrif buyurishi mumkin. Bu yerda ko‘plab yovvoyi qushlar yashaydi, xususan flamingolar. Qo‘riqxonada ularni qish davrida ko‘rish mumkin.

Ajoyib xarid qilish tajribasi

Dunyodagi eng kattalardan biri bo‘lgan va afsonaviy Dubai Mall savdo markazini alohida tilga olish lozim. U jahondagi eng baland Burj Khalifa minorasining yonida joylashgan. Ushbu osmono‘par bino fonida suratga tushgandan so‘ng bemalol Dubai Mall savdo markaziga yo‘l olish mumkin. Bu yerda sizni mashhur Dubai Aquarium and Underwater Zoo akvariumidan tortib, to yaxmalak maydoni va virtual reallik bog‘igacha bo‘lgan, deyarli har qanday did va hamyonga mos keladigan ko‘plab do‘konlar va ko‘ngilochar o‘yinlar kutib oladi.

visit dubai, реклама

Dubay shoping shinavandalari uchun jannat hisoblanadi. Bu yerda tez-tez chegirmali savdolar o‘tkaziladi. Biroq xaridlardan yanada ko‘proq tejashni istasangiz, Tax Refund for Tourists Scheme dasturidan foydalanishingiz mumkin, ushbu dastur turli xaridlarga sarflangan mablag‘ning 4,76% ni qaytarib olish imkonini beradi. Buning uchun sotuvchiga dasturdan foydalanmoqchi ekaningizni ma’lum qilsangiz kifoya, do‘kon sizga Tax Free Tag varag‘ini taqdim etadi, siz uning yordamida 90 kun davomida maxsus Planet avtomatlarida sarflangan summaning foizini qaytarishni buyurtma qilishingiz mumkin. Ular Birlashgan arab amirliklarining barcha xalqaro aeroportlarida mavjud, shuningdek Dubaydagi savdo markazlarida ham bor.

Bepul shahar plyajlari va hamyonbop narxlarda taomlar

Dubayda bir nechta shahar plyajlari joylashgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi bepul. Plyajlar a’lo darajadagi infratuzilmaga ega bo‘lib, ularda ko‘p sonli qahvaxonalar va restoranlar mavjud. Masalan, Al Sufouh, Kite Beach yoki JBR. Ortiqcha bir dirham to‘lamasdan oilangiz bilan dengiz va quyoshdan bahra olasiz.

visit dubai, реклама

Shu bilan birga, Dubay xilma-xil taomlari bilan ham mashhur. An’anaviy amirlik taomlarini, hind va livan taomlarini hamyonbop narxlarda tatib ko‘rish uchun sizlarga doim odamlar bilan gavjum Al Diyafa ko‘chasiga tashrif buyurishni tavsiya qilinadi. Unutilmas taassurotlarni yoqtiradiganlarni esa kechki ovqatni Burj Al Arab mehmonxonasidagi jahonga mashhur Al Mahara restoranida, sahroda quyosh botishini tomosha qilgan holda, tanovul qilishingiz mumkin.

Harakatlanish qulayligi

Dubay bo‘ylab harakatlanish qulay tashkillashtirilgan. Shaharning transport tizimi turli-tuman bo‘lib, yer usti transportidan tortib, to qiziqarli suv transportigacha faoliyat ko‘rsatadi.

Dubay metropoliteni bir vaqtning o‘zida ham zamonaviy jamoat transportining ajoyib namunasi, ham shaharning muhim hududlarini birlashtiruvchi transport tizimining asosi hisoblanadi. Dubay metrosida harakatlanish juda qulay bo‘lib, unchalik qimmatga tushmaydi.

visit dubai, реклама

Shaharning suv transporti tizimi manzarali kanallar tarmog‘ini va qo‘ltiqchalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu chiroyli va osoyishta harakatlanish usuli hisoblanadi. Siz hatto individual tur uchun xususiy suv taksisiga buyurtma berishingiz va o‘zingizga qulay jadallikda Dubay bo‘ylab sayohat qilishingiz mumkin. Burj-al-Arab va Palma Jumeyra kabi diqqatga sazovor joylarning suv sayri davomida ochiladigan manzaralari juda go‘zal.

Dubayning suv transporti haqida so‘z borganida, an’anaviy abrani tilga olmasdan iloj yo‘q. Ushbu kichkina yog‘och qayiqlar bir necha yuz yillar davomida Dubay ko‘rfazi bo‘ylab harakatlangan. Abrada sayr qilish — bu nafaqat hamyonbop sayohat, balki betakror madaniy tajribaga ham ega bo‘lish imkoniyatidir.

Yaqinda shaharda eshkakchisiz suzadigan abra qayiqlari taqdim etildi. Ushbu avtonom transport vositalari so‘nggi texnika bilan jihozlangan.

Jamoat transportining murakkab tariflarida adashib ketmaslik uchun metropoliten kassasida qizil NOL Red kartasini xarid qilib bir sutka limitsiz harakatlanish uchun to‘lashingiz mumkin. Bunday chipta bilan metroning turli zonalari ichida, tramvayda, yer usti va suv avtobusida harakatlanish mumkin.

Shu bilan birga, bir necha daqiqa ichida xizmatingizga muntazir bo‘ladigan taksidan ham foydalanishingiz mumkin.

Dubayga tashrif buyurib va oilaviy yoki do‘stlar bilan dam olish uchun mo‘ljallangan dunyoning eng yaxshi turistik yo‘nalishlaridan biriga o‘zingiz baho bersangiz bo‘ladi.

Sayt: visitdubai.com

Reklama huquqlari asosida.