1-oktabr kunidan Toshkent xalqaro aeroporti va Bobur ko‘chasini bog‘lovchi ko‘prik yo‘lini ta’mirlash ishlari doirasida yo‘l o‘tkazgich avtobuslar va yuk transporti harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Shu munosabat bilan 10 ta avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi, deb xabar qildi “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi.

yo‘l o‘tkazgich, аэропорт

7, 76, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidagi Yakkasoy TIIB bekatida qisqartiriladi.

11, 40, 45-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, Temiryo‘lchilar, H. Aliyev, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi.

61, 106-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Aeroport-2 bekatida qisqartiriladi.

47, 77-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, S.Banokatiy, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi.

O‘zgarishlar qachongacha ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Aeroport yo‘l o‘tkazgichini rekonstruksiya qilish ishlari fevral oyida boshlangan va 2024-yilning dekabrigacha davom etishi kutilmoqda. Ta’mirdan so‘ng yo‘l o‘tkazgich kengroq va uzunroq bo‘ladi, uning Kichik halqa yo‘liga kirish va chiqishlari bo‘ladi.

Hozirda eski yo‘l o‘tkazgichning yarmi demontaj qilindi, avtomobillar harakati ikki yo‘nalishda (har bir yo‘nalishda bittadan) yo‘lga qo‘yildi.

Yo‘l o‘tkazgich 1967-yilda qurilgan. 2008-yilda bu yerda rekonstruksiya ishlari yo‘laklarni to‘rttadan oltitagacha (har bir yo‘nalishda uchtadan) kengaytirilgan holda amalga oshirildi.