Samarqand viloyatida 45 yashar erkak 1,5 yil davomida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz hatti-harakatlar qilib kelgani xabar berilgandi. Samarqand viloyat sudlarining axborot xizmati xabar berishicha, 28-sentabr kuni erkakka nisbatan sud hukmi uqildi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining raisi A. Abdurazzakov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq T.N. Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismida (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.