Soliq qo‘mitasi Yandex Go`dan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, soliqlar to‘lashni talab qildi
6 oktabr 2023, 17:01

Soliq qo‘mitasi Yandex Go`dan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, soliqlar to‘lashni talab qildi

Soliq qo‘mitasi Yandex Go xizmatlarini taqdim etuvchi Ridetech International B.V kompaniyasidan 1-dekabrgacha O‘zbekistonda soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish, soliqlarni to‘lash va mijozlarga fiskal chek taqdim etishni talab qildi. Talablar bajarilmasa, platforma bloklanadi.

Test: Siz uchun Toshkentdagi qaysi turar-joy majmuasida yashash qulayroq?
6 oktabr 2023, 17:00

Test: Siz uchun Toshkentdagi qaysi turar-joy majmuasida yashash qulayroq?

NRG vakillari qaysi turar-joy majmuasi sizga mos kelishini aniqlash uchun 6 ta savol tayyorlashdi. Oxirida esa o‘z turar-joyni o‘zgartirishga qat’iy qaror qilganlar uchun sovg‘a bor.

️Sog‘liqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari kengashlariga hisobot beradi
6 oktabr 2023, 15:58

️Sog‘liqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari kengashlariga hisobot beradi

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tibbiyot birlashmalari rahbarlari har olti oyda mahalliy kengashlarda, markaziy va oilaviy poliklinikalar bosh shifokorlari esa mahallalarda hisobot berib boradi.

Madaniyat vazirligi mukofotlangan san’atkorlar haqida veb-sayt yaratish uchun qariyb yarim mlrd so‘m sarflaydi
6 oktabr 2023, 15:49

Madaniyat vazirligi mukofotlangan san’atkorlar haqida veb-sayt yaratish uchun qariyb yarim mlrd so‘m sarflaydi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov davlat mukofoti olgan san’atkorlar haqidagi portal uchun qariyb 500 mln so‘m ajratish haqida buyruq imzoladi. Unga dastlab 10 nafar san’atkorning ma’lumoti kiritiladi. May oyida madaniyat markazlari veb-saytini yaratish uchun 530 mln so‘m ajratilgan, lekin sayt ishlamayapti.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti eronlik huquq faoli Narges Muhammadiga topshirildi
6 oktabr 2023, 15:21

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti eronlik huquq faoli Narges Muhammadiga topshirildi

2023-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashgan eronlik huquq himoyachisi Narges Muhammadiga berildi. Muhammadi “davlatga qarshi tashviqot” uchun 2021-yildan beri qamoqda.

Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etdi
6 oktabr 2023, 15:11

Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etdi

O‘zbekiston fuqarolari endi Qatarda 30 kungacha vizasiz yurishi mumkin. Bunda ulardan qaytish chiptasiga ega va xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 6 oydan kam qolmagan bo‘lishi talab etiladi. Iyunda O‘zbekiston ham xuddi shunday rejimni joriy qilgandi.

Germaniyada Alisher Usmonovning ko‘chmas mulklari tintuv qilindi — OAV
6 oktabr 2023, 12:52

Germaniyada Alisher Usmonovning ko‘chmas mulklari tintuv qilindi — OAV

Germaniyada Yevropa sanksiyalariga uchragan rossiyalikka tegishli bir nechta ko‘chmas mulk obyektlari tintuv qilindi. Reuters`ning yozishicha, gap Alisher Usmonov haqida ketmoqda. Usmonovning vakillari esa tintuvlar tadbirkor nazoratida bo‘lmagan obyektlarda o‘tkazilganini ta’kidladi.

Toshkent tumanida 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxti kesib tashlangani aniqlandi
6 oktabr 2023, 12:35

Toshkent tumanida 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxti kesib tashlangani aniqlandi

Toshkent tumanidagi manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon ilmiy-tajriba xo‘jaligi hududidagi 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxtlari kesib tashlangani, daraxtlarning 103 tupi esa mas’uliyatsizlik sabab qurib qolishiga olib kelingani aniqlandi.

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 4 tup chinor kesib ketildi
6 oktabr 2023, 12:22

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 4 tup chinor kesib ketildi

Toshkent viloyatida 3 tup o‘sib turgan chinor kesib ketildi. Oqibatda tabiatga 148,7 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Farg‘ona shahrida esa 1 tup ko‘p yillik chinor kesib tashlangan. Huquqbuzarlarni va zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Davlat daromadiga olingan mol-mulklar E-auksion shop orqali sotiladi
6 oktabr 2023, 11:40

Davlat daromadiga olingan mol-mulklar E-auksion shop orqali sotiladi

O‘zbekistonda davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida E-auksion shop elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi belgilandi.

Suriyadagi harbiy kollejga dronlar hujumi uyushtirildi. Kamida 80 kishi halok bo‘ldi
6 oktabr 2023, 11:38

Suriyadagi harbiy kollejga dronlar hujumi uyushtirildi. Kamida 80 kishi halok bo‘ldi

Suriya g‘arbida joylashgan harbiy kollejga dronlar hujum qilishi oqibatida kamida 80 kishi halok bo‘ldi, 240 kishi jarohatlandi. Hujum harbiylarning bitiruv marosimi vaqtida yuz bergan. Hozircha hech bir guruh holat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Dam olish kunlari harorat biroz ko‘tariladi
6 oktabr 2023, 11:21

Dam olish kunlari harorat biroz ko‘tariladi

Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib o‘tgach, shanba kuni kunduzi nam havo massasi O‘zbekistondan chekina boshlaydi va respublika bo‘yicha yana yog‘ingarchiliksiz havo kuzatiladi. Yakshanba kuni harorat +22…+27 darajani tashkil etadi. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Namanganda ohak sexi 7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
6 oktabr 2023, 11:15

Namanganda ohak sexi 7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Namangan shahrida ohak sexi 7 mlrd 56 mln so‘m so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu hajmdagi gaz 23 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi.

Putin — O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni boshlash muddati haqida
6 oktabr 2023, 11:09

Putin — O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni boshlash muddati haqida

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berilishi kutilayotgan muddatga izoh berdi. Uning aytishicha, to‘liq yetkazib berish oktabr oyidan hozircha “kichik hajmda” boshlanadi. “Biz yiliga 3 mlrd kubometr yetkazib beramiz, keyin esa ko‘paytirishimiz mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi u.

O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga sabab bo‘luvchi tashqi va ichki omillar ma’lum qilindi
6 oktabr 2023, 10:53

O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga sabab bo‘luvchi tashqi va ichki omillar ma’lum qilindi

O‘zbekiston hududida sodir bo‘luvchi chang bo‘ronlariga sababchi tashqi va ichki omillar haqida ma’lumot berildi. Ichki omillar qatorida qurilish maydonlari sonining ortishi va ulardan chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishi keltirildi.

Toshkentda fuqarolarni 46 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
6 oktabr 2023, 10:49

Toshkentda fuqarolarni 46 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

DXX, IIV va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkentda fuqarolarni 46 ming dollar evaziga AQShga, 1200 dollarga esa Koreyaga yubormoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi.

Jahon banki O‘zbekiston YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini yaxshiladi
6 oktabr 2023, 10:37

Jahon banki O‘zbekiston YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini yaxshiladi

Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2023-yilda 5,5 foiz atrofida, 2024-yilda esa 5,6 foiz darajasida bo‘lishini prognoz qilmoqda. Rossiyadan pul o‘tkazmalari kamayishi tufayli iste’mol darajasi o‘sishi sekinlashadi. Qashshoqlik darajasi biroz pasayishi kutilmoqda.

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda gaz vaqtincha o‘chiriladi
6 oktabr 2023, 09:49

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda gaz vaqtincha o‘chiriladi

6-oktabr kuni Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mahalla va ko‘chalarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

O‘zbekiston ilk bor 4,25 trln so‘mlik yashil suveren xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi
6 oktabr 2023, 09:43

O‘zbekiston ilk bor 4,25 trln so‘mlik yashil suveren xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi

O‘zbekiston birinchi marta 4,25 trln so‘m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi.

O‘zbekistonlik beshkurashchi Alise Faxrutdinova ikkinchi bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi
6 oktabr 2023, 09:00

O‘zbekistonlik beshkurashchi Alise Faxrutdinova ikkinchi bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi

Osiyo o‘yinlari 2023 Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik beshkurashchi Alise Faxrutdinova quvonarli natijalarni qo‘lga kiritdi va Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma oldi. Life Group Business ushbu sport turini qo‘llab-quvvatlaydigan kompaniyalardan biridir.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting