O‘zbekistonda davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan madaniyat va san’at namoyandalari portalini ishlab chiqish uchun 488 mln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning 3-oktabr kuni E-qaror portalida e’lon qilingan 15-sentabrdagi buyrug‘ida nazarda tutilgan.

San’atkorlar to‘g‘risidagi veb-sayt yaratish prezidentning 2023-yil 25-maydagi qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha 112 ta ustuvor loyiha ro‘yxatining 77-bandida ko‘rsatib o‘tilgan. Loyihani budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha uchun madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida ishchi guruh tuzildi.

madaniyat vazirligi, озодбек назарбеков, san’atkorлар haqida portal

Loyiha pasporti va konsepsiyasini ishlab chiqish uchun xarajatlar smetasiga 30 mln so‘m, texnik topshiriq uchun 40 mln so‘m, Kiberxavfsizlik markazida ekspertizadan o‘tkazish uchun 10 mln so‘m, axborot tizimi arxitekturasini ishlab chiqish uchun 85 mln so‘m, dizayn uchun 60 mln so‘m, tizimning dasturiy qismi uchun 165 mln so‘m, foydalanuvchilarga videoqo‘llanma uchun 8 mln so‘m, birlamchi ma’lumotlarni kiritish (tizim va mukofotlar, 10 nafar san’atkor haqida ma’lumotlar) uchun 12 mln so‘m, portalni boshqa tizimlar bilan integratsiya qilish uchun 60 mln so‘m ajratilishi va boshqa xarajatlar nazarda tutilgan.

25-may kuni Ozodbek Nazrabekovning buyrug‘i bilan madaniyat markazlari to‘g‘risidagi platformani ishlab chiqish uchun 530 mln so‘m ajratilishi belgilangan. 29-may kuni 2022-yil 20-iyunda ro‘yxatdan o‘tgan va 51 foiz ulushi Madaniyat vazirligiga tegishli bo‘lgan Madaniy Hayot Media Marketing Markazi kompaniyasi bilan “Madaniyat markazlari” portalini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Kompaniyaning qolgan ulushi Muhammadali Odiljonov A’zamjon o‘g‘liga tegishli Tanovor Music Group (25 foiz) va Muhammadqodir Rasulov Ilhomjon o‘g‘li va Ikromjon Abduvaliyev Voxobjon o‘g‘liga tegishli Best Target Project (24 foiz) o‘rtasida taqsimlangan. Ikkala kompaniya ham 2022-yil may oyida ro‘yxatdan o‘tgan.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, madaniyat markazlari haqidagi portal (e-madaniyat.uz) ishlamayapti.

26-sentabr kuni Madaniyat vazirligi xuddi shu kompaniya bilan gidlarning yagona reyestrini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Bitim summasi 117 mln so‘mni tashkil etadi.

Mobil sahna. Manba: Madaniyat vazirligiMobil sahna. Manba: Madaniyat vazirligi

Shuningdek, Madaniyat vazirligi hududlarga borib konsertlar tashkil etish uchun Turin Innovation Markazi`dan 15,5 mlrd so‘mga ikkita ko‘chma sahna sotib olgandi.

O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri bosh dirijyori Alibek Kabduraxmonov 2023-yil boshida Afisha.uz`ga bergan intervyusida klassik simfonik musiqalarni ijrochilari uchun konsert zali yo‘qligi, shu sababli stullari yaroqsiz holga kelib qolgan eski zalda ishlash va musiqa ijro etishga, shuningdek, “o‘z puliga pechka va lampochka sotib olishga” to‘g‘ri kelayotgani haqida gapirgandi. “Hammasi entuziazmga bog‘liq”, — degandi u. San’atkor xususiy tadbirkorlardan zal qurishda yordam berishni so‘ragandi va u investor sharafiga nomlanishini ta’kidlagandi.